Radiogalaktika
Radiogalaktika (radio... va Galaktika) — oʻzidan elektromagnit nurlanish spektrining radio toʻlqinlar sohasida nisbatan koʻp energiya tarqatuvchi galaktikalar. Aslida barcha galaktikalar radio toʻlqinlar sohasida nurlanishga ega, lekin bunda R.ning nurlanishi 1042 erg/sek dan kam emas. Eng kuchli radionurlanishga ega boʻlgan R. sinfini D — galaktikalar tashkil etib, ular fazoviy keng va optik nurlarda koʻrinuvchi toji boʻlgan elliptik galaktikalar hisoblanadi. Galaktika toʻdalarida esa eng kuchli R. ularning aynan markazida kuzatilib, juda massiv boʻlgan cD — galaktikalar bilan ustma-ust tushadi. R. ning radionurlanishi sinxrotron mexanizm orqali tushuntiriladi va ulardagi relyativistik zarralar bulutining magnit maydonda harakati tufayli sodir boʻladi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |