Radiointerferometr [radio..., interfer(yensiya) va metr] — turli fizik kattaliklarni oʻlchashda ishlatiladigan asbob. Ishi radiotoʻlqinlar interferensiyasiga asoslangan. Radioastronomik kuzatishlar uchun moʻljallangan. Bir-biridan maʼlum masofada joylashgan va kabel, toʻlqinoʻtkazgich yoki retranslyasion aloqa liniyasi bilan bogʻlangan ikki yoki undan ortiq antennadan iborat. Radionurlanish manbaidan chiqayotgan signallarni antenna qabul qilib, umumiy qabul qilgich qurilmaga uzatadi, u yerda signallar qayd qilinadi. R. radionurlanish manbaining koordinatalarini topishda, nurlanishlarning fazoda taksimlanishini va tabiatni oʻrganishda, radiotoʻlqinlarning tarqalishini aniqlashda ishlatiladi. R. Yer sunʼiy yoʻldoshlari, qitʼalararo raketalar, sayyoralararo st-yalar va boshqalarning harakatini kuzatishda qoʻllanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil