Radiometeorologiya (radio... va meteorologiya) — troposfera va stratosferalagi meteorologik sharoitlarning radiotoʻlqin (asosan, ultraqisqa toʻlqin)lar tarqalishiga taʼsirini, shuningdek, radiosignallar yordamida troposfera va stratosferadagi meteorologik hodisalarni oʻrganuvchi fan sohasi. Radiometeorologik tadqiqotlarga birinchi marta A. S. Popov oʻzining yashin qaytargich asbobini yaratish bilan asos soldi (1895). 20-asr 20yillarida ultraqisqa radiotoʻlqinlarning tarqalishi, asosan, troposferadagi meteorologik jarayonlarga bogʻliqdigi, shuningdek, radiotoʻlqinlarning troposferada tarqalishidan unda sodir boʻlayotgan jarayonlarni oʻrganish mumkinligi aniqdandi.

Radiotoʻlqinlarning atmosferada tarqalish nazariyasi 20-asr 50-yillarida rus olimi V. A. Fok tomonidan yaratildi. Atmosferaning Yer sathidan 5 km balandligidagi qismi radiotoʻlqinlarning tarqalishida asosiy hisoblanadi, chunki shu qismda atmosferadagi bosim, temperatura va namlik hamda gidrometeorologik xossalar (atmosferadagi namlik kondensatsiyasi — yomgʻir tomchisi, tuman, bulutlar) va har xil aralashmalar kabi oʻzgaruvchi omillar havoning sindirish koʻrsatkichi p ga taʼsir qiladi. Radiotoʻlqinlarning troposfera va stratosferada tarqalishida ular sinadi, yutiladi, qaytadi va sochiladi. Bunda har bir hodisaning intensivligi stratosfera va troposferaning kuzatilayotgan vaqtdagi holatiga bogʻliq. Bunday muhitda tarqalayotgan radiotoʻlqinlarni oʻrganish yoʻli bilan muhitning meteorologik holatini aniqlash mumkin, Mas, atmosfera dielektrik singdiruvchanligi ye ning vertikal va gorizontal taqsimoti radiotoʻlqinlar. bilan aniqlanib, havo namligi, temperaturasi, yogʻinlar intensivligi, bulutlardagi suv zarralari konsentratsiyasi va boshqa meteorologik elementlar aniqlanadi.

R.ning iklimi turlicha hududlarda i ning mavsumiy oʻzgarishini, atmosfera gazlarida yutilishi (rasmga q.) hamda bulutlar va yogʻinlarda kuchsizlanishini oʻrganuvchi sohasi radioiqlimshunoslik deyiladi. R.da radiolokatsiya usullari keng qoʻllanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil