Radioreleli aloqa (radio... va rele) — qabul qilish-uzatish radiostansiyalari zanjiridan iborat avtomatik radioaloqa. Bir punktdan qabul qilingan signallar oraliq st-yada kuchaytirilib, ikkinchisiga uzatiladi. Styalar bir-biridan 40–60 km masofada quriladi. Radioreleli aloqada ultraqisqa toʻlqinlardan foydalaniladi. Radioreleli aloqa liniyalari katta sigʻimli (magistral), oʻrtacha sigʻimli (zonali), kam kanalli (temir yoʻl transporti, gaz quvurlari, neft quvurlari va boshqalarda qoʻllanadigan) liniyalarga boʻlinadi. Har bir liniya imkoniyatini oshirish uchun bir necha (6 ta 5 gacha) yuqori chastotali tarmoqlar qoʻllanadi. Tarmoqlar mustaqil ishlaydi, lekin hammasi umumiy antennadan foydalanadi. Har qaysi tarmoqdan bir vaqtda 600-1000 telefonda gaplashish yoki 1 ta sifatli teledastur uzatish mumkin. Radioreleli aloqada yoʻnaltirilgan kuchli antennalardan foydalaniladi. Birinchi 5 ta telefon kanaliga moʻljallangan radioreleli aloqa liniyasi 1935-yil AQShdan Nyu-York bilan Filadelfiya orasida qurilgan. Radioreleli aloqa shaharlararo telefon va telegraf aloqasi oʻrnatish, radio va televideniye dasturlarini uzoq masofalarga uzatish, teleboshqarish hamda teleoʻlchash signallarini uzatish maqsadlarida, harbiy ishda qoʻllanadi[1].

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil