Radiospektroskopiya
Radiospektroskopiya (radio... va spektroskopiya) — qattiq, suyuq va gaz holatdagi moddalarni tadqiq qilish usullari majmui. Radiotoʻlqinlarning nurlanishi va rezonans yutilish spektrlarini oʻrganishga asoslanadi. Dastlab (1933) ammiakning inversion (qarang Inversiya) spektrini tadqiq qilishda qoʻllangan.
Optik spektroskopiya, infraqizil spektroskopiya va myossbauer uspektroskopiyadan farqli ravishda, R. energiyaning ichki kvantlari spektroskopiyasi hisoblanadi, shuning uchun unda energiyaning bir-biriga yaqin turgan satxlari orasidagi energiya oʻtishlari tadqiq qilinadi. R. usullari tadqiqotlarda foydalaniladigan fizik effektlarga bogʻliq boʻladi. Eng keng tarqalgan usullar; antiferromagnit rezonans, elektron paramagnit rezonans, ferromagnit rezonans, siklotron rezonans, yadroviy magnit rezonans, mikrotoʻlqinlar R.si, R. kvant genera h torlar va kuchaytirgichlar, lazerlar, molekulyar generatorlar, aniq vaqt va chastota standartlari va boshqalarning yaratilishiga asos boʻldi.[1]
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |