Radoye Domanovich
Radoye Domanovich (1873-yil 16-fevral — 1908-yil 17-avgust) — serb yozuvchisi, jurnalisti va oʻqituvchisi boʻlib, oʻzining satirik qisqa hikoyalari bilan mashhur edi.
Radoye Domanovich | |
---|---|
Tavalludi |
16-fevral 1873-yil Ovsishte, Serbiya |
Vafoti |
17-avgust 1908-yil (35 yoshda) Belgrad, Serbiya |
Kasbi | hikoyanavis |
Ijod qilgan tillari | Serbian |
Fuqaroligi | Serbiya |
Yoʻnalish | realizm |
Janr | satira |
Shoh asari | Yoʻl boshlovchi, Stradiya |
Biografiya
tahrirRadoye Domanovich Markaziy Serbiyadagi Ovsishte qishlogʻida moʻqituvchi va tadbirkor Milosh Domanovichning va Birinchi va Ikkinchi Serb Qoʻzgʻoloni harbiy qoʻmondonlaridan biri Pavle Sukichning avlodi Persida Sukichning oʻgʻli boʻlgan. U bolaligini Kraguyevats yaqinidagi Yarushitse qishlogʻida oʻtkazgan va u yerda boshlangʻich maktabda oʻqigan. U Kraguyevatsagi oʻrta maktabni va Belgrad universitetining falsafa fakultetini tamomlagan va u yerda serb tili va tarixini oʻrgangan.[1]
1895-yilda Domanovich oʻzining birinchi lavozimini oldi — Serbiyaning janubida, Usmonli imperiyasidan yaqinda ozod qilingan Pirot shahrida oʻqituvchilik lavozimini egalladi. Pirotda u oʻqituvchi va aktivist Yasha Prodanovich (1867-1948) bilan uchrashdi va uning siyosiy qarashlarini shakllantirishga yaqindan yordam berdi. U uerda u oʻzining boʻlajak rafiqasi Nataliya Raketichni (1875-1939) ham uchratdi, u Sremski Karlovtsidan kambagʻal maktab oʻqituvchisi ediu, qisqa va notinch hayoti davomida erini qoʻllab-quvvatladi va u bilan birga uch farzandi bor koʻrishdi.[1]
U Xalq Radikal Partiyasiga qoʻshilganidan beri u Obrenovich sulolasi rejimi bilan chiqisha olmay qoldi va 1895-yil oxirida Vranyega, keyin 1896-yilda yana Leskovatsga koʻchirildi. Domanovichning yozuvchilik faoliyati ham oʻqituvchilik davrida boshlangan va 1895-yilda oʻzining birinchi realistik hikoyasini nashr ettirgan. 1898-yilda hukumatga qarshi birinchi marta chiqish qilganidan soʻng, u ham, uning rafiqasi ham davlat xizmatidan boʻshatilgan va Domanovich oilasi bilan Belgradga koʻchib ketgan.[1]
Belgradda u yozuvchi hamkasblari bilan haftalik „Yulduz“ jurnalida va muxolifatdagi „Exo“ siyosiy gazetasida ishlay boshladi. Bu vaqtda u oʻzining „Jin“ va „Ehtiroslarni yoʻq qilish“ kabi birinchi satirik hikoyalarini yozish va nashr ettiriishni boshladi. Radoyening shon-shuhratga koʻtarilishi uning eng mashhur „Yoʻl boshlovchi“ (1901) va „Stradiya“ (1902) hikoyalari nashr etilishi bilan sodir boʻldi, bu hikoyalar orqali u hukumatga ochiqdan-ochiq hujum qilib, rejimning ikkiyuzlamachiligi va yolgʻonlarini oshkor qildi.[1]
1903-yilda Aleksandr Obrenovich hukmronligini tugatgan toʻntarishdan soʻng, mashhurlik choʻqqisida, Domanovich Taʼlim vazirligida kotib lavozimini oldi va yangi hukumat unga Germaniyaga bir yillik mutaxassislik boʻyicha borishga ruxsat berdi va bu vaqtni u Myunxenda oʻtkazdi. Serbiyaga qaytib kelgan Radoye jamiyatda hech qanday haqiqiy oʻzgarish yoʻqligidan hafsalasi pir boʻldi. U oʻzining „Stradiya“ nomli haftalik siyosiy jurnalini ochdi, unda u yangi demokratiyaning zaif tomonlarini tanqid qilishda davom etdi, ammo uning asarlari endi avvalgidek kuch va ilhomga ega boʻlmay qolgandi.[1]
Radoye Domanovich 1908-yil 17-avgustda yarim tundan yarim soat oʻtgach, surunkali pnevmoniya va sil kasalligi bilan uzoq davom etgan kurashdan soʻng 35 yoshida vafot etdi. U Belgradning yangi qabristoniga dafn qilindi. Uning nashr etilmagan qolgan asarlari Birinchi jahon urushi paytida yoʻqolgan.[1]
Adabiy ishlari
tahrirRadoye Domanovichning eng mashhur asarlaridan baʼzilari:
- Ehtiroslarni yoʻq qilish, 1898-yil
- Jin, 1898-yil
- Oddiy Serb hoʻkizining oʻylari, 1902-yil
- Stradiya, 1902-yil
- Tamgʻa, 1899-yil
- Yoʻl boshlovchi, 1901-yil
- Zamonaviy qoʻzgʻolon, 1902-yil
- Oʻlik dengiz, 1902-yil
- Shahoda Marko ikkinchi marta serblar orasida, 1901-yil