Rafael Erichh
Rafael Valdemar Erichh (1879-yil 10-iyun, Turku — 1946-yil 19-fevral, Xelsinki) — professor, diplomat, siyosatchi, Milliy koalitsiya partiyasi vakili va Finlandiya Bosh vaziri.
Rafael Erich | |
---|---|
Finlandiyaning oltinchi Bosh vaziri | |
Mansab davri 1920-yil 15-mart – 1921-yil 9-aprel | |
Prezident | Kaarlo Juho Strahlberg |
Oʻtmishdoshi | Juho Vennola |
Vorisi | Juho Vennola |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 10-iyun 1879-yil |
Vafoti |
19-fevral 1946-yil (67 yoshda) |
Finlandiya Respublikasining oltinchi kabineti — Erichh kabineti 1920-yil 15-martdan 1921-yil 9-aprelgacha jami 391 kun davom etgan.
Erichh kabinetining eng muhim vazifasi va yutugʻi Rossiya SFSR bilan tinchlik shartnomasi edi. Tinchlik shartnomasi 1920-yil 14-oktyabrda Estoniyaning Tartu shahrida tuzilgan. Bu Rossiya SFSR nihoyat Finlandiya mustaqilligini toʻliq tan olgan vaqt edi[1].
Manbalar
tahrir- ↑ „Ministerikortisto“. Valtioneuvosto.[sayt ishlamaydi]