Rafail Gershenovich
Rafail Samoylovich Gershenovich (1889.12.9 -Toshkent -1960.23.6) — pediatr, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1935), professor (1932). Parij pediatrlar jamiyati muxbir aʼzosi (1935). Samarqand (1914—18) va Toshkent (1918—19) temir yoʻl kasalxonalari vrachi, Toshkent tibbiyot akademiyasi pediatriya kafedrasi (1930—45), 1945-yildan gospital pediatriya kafedrasi mudiri. Ayni vaqtda Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti pediatriya kafedrasi rahbari (1935—48). Dizenteriya, pellagra, bolalar leyshmaniozi, ich terlama kabi kasalliklarni mukammal oʻrganib, ularni davolash va oldini olish ustida tadqiqotlar olib borgan.
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |