Mamed Rahim
(Rahim mameddan yoʻnaltirildi)
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mamed Rahim (taxallusi; asl ism-sharifi Mamed Rahim Abbos oʻgʻli Xuseynov) [1907.7(20).4, Boku — 1977] — Ozarbayjon xalq yozuvchisi (1964). Ozarbayjonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1940). Ilk sheʼrlar toʻplami — "Orzular" (1930). Dostonlari ozarbayjon metallurglari ("Apsheron tuprogʻida", 1950), neftchilari ("Xazar suvlarida", 1958) hamda arman shoiri ("Sayat Nova", 1956) haqida hikoya qiladi. P.M. 12-asr ozarbayjon shoiri haqida pyesa ("Hoqoniy", 1955)yaratgan. Navoiy, Sh. Rustaveli, A.S. Pushkin, M. Yu. Lermontov, V. Gyote, P. J. Beranje va boshqalarning asarlarini ozarbayjon tiliga tarjima qilgan. Ayrim asarlari oʻzbek tilida nashr qilingan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |