Hamid Rahimov (1927.15.5 — Toshkent — 1977.8.12) — kompozitor, dirijyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1967). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1954). Oʻzbek davlat filarmoniyasining ashula va rake ansambli (1950—56), "Bahor" ansamblida (1958—59) musiqa rahbari, Muqimiy teatrida dirijyor (1958 — 59), Oʻzbekiston Madaniyat vazirligida masʼul xodim (1960—61 va 1972—73), Toshkent konservatoriyasi rektori (1961—71), dotsenti (1967—72), Toshkent pedagogika instituti kafedra mudiri (1973—77). P. Rahimov bilan xdmkorlikda "Singillar qissasi" (Sh. Tamkin, 1955) va "Zafar" (U. Ismoilov, 1956) ilk musiqali dramalarni yaratgan. Keyinchalik "Oq nilufar" (R. Hamroyev, A. Bobojon, 1958), "Rais uylanarmish" (B. Xalilov, 1959), "Ishqing bilan" (H. Umarov, 1959), "Tanbur nolasi" (M. Qodirov, 1973) "Jonim fido" (I. Rahim, 1974). "Mashrab" (A. Tursunov, 1977) kabi musiqali drama va komediyalari bilan mazkur janr rivojiga hissa qoʻshgan. R., shuningdek, "Zafar" (U. Ismoilov, 1970) operasi, simfonik orkestr uchun "Yoshlik" poemasi, 5 ta raqs, 2 ta syuita, "Bahor" kantatasi, "Fargʻonalik beshovlon" kinofilmiga va 3 telefilmga yozilgan musiqa, "Qalb qoʻshigʻi", "Xayolim senda", "Toshkent bahori", "Quyoshiston" kabi qoʻshiklar va boshqa asarlar muallifi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Havolalar

tahrir