Yerkegali Rahmadiyev (1930.1.8, hozirgi Sharqiy Qozogʻiston viloyati Chubartaus tumani) — qozoq kompozitori, pedagog. Qozogʻiston xalqartisti (1975). Milliy kompozitorlik maktabi asoschilaridan. Olmaota konservatoriyasini tugatgan (1957). Olmaota konservatoriyasi rektori (1967—75), professor (1979-yildan), Qozogʻiston kompozitorlari uyushmasi raisi (1968—91), Qozogʻiston Respublikasi Madaniyat vaziri (1991—93). Orkestr uchun yaratgan "Omongeldi" (1956), "Dayrabay" (1963), "Qudashaduman" (1973) va boshqa partituralar milliy cholgʻu (doʻmbira) kuylariga xos uslubiy anʼanalar va yevropa simfonizmi uygʻunligiga asoslangan. Ijodida yirik mavzu va keng koʻlamli janrlarga izchil murojaat etgan: "Qamar suluv" (1963), "Alpamis" (1973), "Ablayxon" (1999) va boshqa operalar, "Qayran Mayra" (1986) musiqali dramasi va boshqa Xor asarlari, qoʻshiqlar, kamercholgʻu asarlar, kinofilmlar uchun musiqalar yozgan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Rahmadiyev Yerkegali" OʻzME. R-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil