Rahmat Majidiy
Rahmat Majidiy (1906, Xiva 1986.26.12, Toshkent) — adabiyotshunos olim. Orenburgdagi "Husayniya" madrasasida oʻqigan (1917—18). Xorazm inqilobidan keyin Toshkentga borib, dastlab "Iqbol" mehnat internat maktabi (1920), Narimonov nomidagi maktab (1922), Oʻrta Osiyo universiteti ishchilar fakulteti (1923—25), soʻngra Moskva universiteti huquqftida (1925—28) oʻqigan. Kasallanish orqasida Xorazmga qaytib kelib, viloyat gaz.da muharrir boʻlib ishlagan (1928—30). XXSRning tugatilishi bilan dastlab Samarqandda Oʻzbekiston Oliy sudi kollegiyasida aʼzo (1930), soʻngra Toshkentga koʻchib borib, "Qizil Uzbekistan" gaz.da boʻlim mudiri (1931), Yozuvchilar uyushmasini tashkil etish qoʻmitasida rais (1932— 33), Yozuvchilar uyushmasida rais (1934) lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1935-yilda Qizil professorlar institutiga oʻqishga yuborilgan. Oʻqishni tugatgach (1938), Moskvadagi fkalardan biri qoshidagi maktabda oʻquv boʻlim mudiri etib tayinlangan. 1940-yildan qatagʻon etilguniga qadar (1950), oqlangandan keyin ham (1954-yildan) Toshkentda Til va adabiyot institutida ilmiy xodim boʻlib ishlagan. "Isteʼdod va burch" (1974) va "Ogahiy lirikasi" (1963) kitoblari muallifi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |