Rahmat Mirzayev
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mirzayev Rahmat (1878 - Buxoro -1963) — zardoʻz, Buxoro zardoʻzlik maktabining yirik namoyandasi. Oʻzbekiston xalq rassomi (1957). Zardoʻzlikni otasi va boshqa ustalardan oʻrgangan. Yoshligidan Qori Hasan ustaxonasida ishlagan. 1928-yildan turli artellar (keyinchalik "Buxoro zardoʻzlik fabrikasi")da zardoʻz. Zardoʻzlik sanʼatini puxta egallagan M. zardoʻzlik rivojiga katta hissa qoʻshgan; anʼanaviy naqshlarni mahorat bilan qoʻllab amaliy sanʼat na-munalarini yaratdi, naqsh mujassamotlarini yangi xususiyatlar bilan boyitdi, zardoʻzi choklarning nafisligi va jozibadorligiga erishdi. "Tinchlik kabutari" peshonabandi (1949—50), "Ismoil Somoniy maqbarasi" namoyoni, rangbarang mujassamotli ("darham", "zamindoʻzi", "toj", "qubbadoʻzi" va boshqalar) doʻppilarni mustaqil yaratgan, Navoiy teatri uchun sahna pardasi (1947, akademik Shchusev chizgisi), "Paxta" (1954, M. Prutskaya) va boshqa zarduzi namoyonlarni tayyorlashda faol ishtirok etdi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |