Rahmon Nabiyev

Tojikiston siyosatchisi (1930–1993)

Rahmon Nabiyevich Nabiyev (tojikcha: Раҳмон Набиевич Набиев; 5-oktyabr 1930 – 11-aprel 1993) – Tojikistonning birinchi prezidenti (1991-1992-yil)[1][2].

Rahmon Nabiyevich Nabiyev
tojikcha: Раҳмон Набиевич Набиев
 2-Tojikiston Prezidenti
Mansab davri
1991-yil 2-dekabrdan – 1992-yil 7-sentyabrgacha
Oʻtmishdoshi Qahhor Mahkamov (Tojik SSR prezidenti)
Akbarsho Iskandarov (v. b.)
Vorisi Akbarsho Iskandarov (v. b.)
Emomali Rahmon
 12-Tojikiston Oliy Soveti raisi
Mansab davri
1991-yil 23-sentyabrdan – 2-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Qadriddin Aslonov
Vorisi Safarali Kenjayev
 9-Tojik SSR KP birinchi kotibi
Mansab davri
1982-yil 20-apreldan – 1985-yil 14-dekabrgacha
Oʻtmishdoshi Jabbor Rasulov
Vorisi Qahhor Mahkamov
 6-Tojik SSR Ministrlar Soveti Raisi
Mansab davri
1973-yil 20-iyuldan – 1982-yil 20-aprelgacha
Oʻtmishdoshi Abdulahad Qahhorov
Vorisi Qahhor Mahkamov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 5-oktyabr 1930-yil
Shayxburxon Soʻgʻd viloyati
Vafoti 11-aprel 1993-yil(1993-04-11)
(62 yoshda)
Xoʻjand, Tojikiston
Mukofotlari

Biografiyasi

tahrir

Sugʻd viloyati Gafurov tumani Shayxburxon qishlogʻida tugʻilgan.

1946-yilda fermer xoʻjaligi ishchisi.

1954-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligi mexanizatsiyasi institutini tugatgan.

1954-1955 – Xoʻjand mashina-traktor stansiyasi (MTS) bosh muhandisi.

1956-1960 – Xoʻjand taʼmirlash-texnik stantsiyasida bosh muhandis, soʻngra 1959-yilda direktor, Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi „Tajikselxozximiya“ uyushmasi raisi[3].

1961-yildan – Tojikiston Kommunistik partiyasi boshqarma boshligʻi[4].

19711973 —Tojikiston SSR qishloq xoʻjaligi vaziri[5].

19731982 – TSSR Ministrlar Soveti Raisi[6].

1982—1985 – Tojikiston Kommunistik partiyasi 1-kotibi. 1985-yilda spirtli ichimliklarni meʼyoridan ortiq isteʼmol qilgani uchun lavozimidan ozod etildi[7].

1986-1991 – Tojikiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish jamiyati Markaziy Kengashi Prezidium raisi.

1976-1986 – KPSS Markaziy taftish komissiyasi aʼzosi.

1990-yil Respublika Oliy Soveti Deputati etib saylandi va 1991-yil sentyabr oyida Oliy Sovet Raisi boʻldi.

1991-yil 24-noyabrda Tojikiston prezidentlik saylovida Rahmon Nabiyev 56,92% ovoz bilan gʻolib boʻldi. 21-dekabrda Rahmon Nabiyev MDHni tuzish haqidagi Olmota deklaratsiyasiga imzo qoʻydi.

1992-yil 2-mart kuni Tojikiston BMTga aʼzo boʻldi. 15-may kuni Toshkentda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti bitimini imzoladi.

1992-yilda mamlakatda boshlangan fuqarolik urushi natijasida muxolif kuchlar Nabiyevga bosim oʻtkazishgan. 11-may kuni muxolifat bosimi ostida, Nabiyev bilan koalitsion hukumat tuzish uchun kelishib olindi. 7-sentyabr kuni Nabiyev isteʼfoga chiqdi.

1993-yil 11-aprelda Xoʻjanddagi uyida yurak xuruji natijasida vafot etgan.

Manbalar

tahrir
  1. „НАБИЕВ Рахмон Набиевич - БД "Лабиринт"“ (ru). База данных "Лабиринт.
  2. Ot Gafurova do Raxmona: Vzglyad na zaslugi pyati rukovoditeley Tadjikistana
  3. Откровения супруги первого prezidentа | Novosti Tadjikistana-IA „Aziya-Plyus“, 2015-04-25da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-10
  4. „Как хоронили лидеров стран СНГ“. Газета «Коммерсантъ» (2007-yil 25-aprel).
  5. „Таджикистан: конфликт власти и народа. Уроки истории“. Centrasia.ru (2005-yil 25-iyul). 2017-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 1-oktyabr. (Wayback Machine saytida 2017-09-10 sanasida arxivlangan)
  6. Список депутатов Верховного Совета СССР 11 созыва, 2013-04-28da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2018-02-10
  7. „НАБИЕВ Рахмон Набиевич“ (ru). Centrasia.ru. 2017-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-fevral.