Railya Muqimjonova

oʻzbekistonlik tarixchi

Railya Muhsinovna Muqimjonova - (ruscha: Раиля Мухсиновна Мукимджанова) sharqshunos olima, tarix fanlari doktori.

Muqimjonova Railya Muhsinovna Раиля Мухсиновна Мукимджанова
Tavalludi 6-mart 1927-yil
Buxoro shahri
Istiqomat joylari Buxoro, Toshkent
Fuqaroligi O'zbekiston SSR
Millati o'zbek
Sohasi sharqshunos, tarixchi
Institutlar O'rta Osiyo davlat universiteti
Ilmiy darajasi tarix fanlari doktori

Biografiya

tahrir


1927-yil 6-martda Buxoro shahrida tug'ilgan.
1944-1949-yillar mobaynida O'rta osiyo davlat universitetining sharq fakultetida tahsil olgan.
1952-1956-yillarda O'zbekiston KP markaziy komitetida yoshlar uyushmasining kotibi lavozimida ishlaydi.
1957-1958-yillarda Moskvada KPSS markaziy komiteti qoshidagi Ijtimoiy fanlar akademiyasida tahsil oladi.
1958-yildan umrining oxiriga qadar SSSR fanlar akademiyasida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim va yetakchi ilmiy xodim lavozimlarida faoliyat ko'rsatadi.[1]

Ilmiy faoliyati

tahrir


1959-yilda "Политика США в Пакистане (1947-1956 гг.)" degan mavzuda nomzodlik desertatsiyasi yoqlaydi.
1986-yilda "Пакистан и Ипериалистически государства (1947-1984 гг.)" degan mavzuda doktorlik dessertatsiyasini yoqlaydi.
R.M.Muqimjonova Pokiston va Janubiy Osiyo mintaqasi tarixiga oid ko'pgina kollektiv monografiyalarning ma'lum boblarini yozib bergan.
Olima Muqimjonova Railya Muhsinovna Pokiston tarixiga oid 100 bosma taboqdan iborat ilmiy maqola va monografiyalar muallifi hisoblanadi.[2]

Asarlari

tahrir


Политика США в Пакистане (1947-1960 гг.). М., 1961.Google books oqali o'qish uchun
Пакистан, Южная Азия и политики США (60-с - начало 70-х годов) М., 1974. Google books oqali o'qish uchun
Пакистан и империалистические державы (70-с - начало 80-х годов) М., 1984.
Пакистан на стыке двух регионов: отношение со странами Южной и Юго-западной Азии (конец 70-х - 80-с годы.).. М., 1992. (Работа депоривона в ИНИОН РАН.)

Manbalar

tahrir
  1. Раиля Мухсиновна. С.Д.Милибанд. Биоблиографический словарь..., М., 1975, с. 368.
  2. O'zbekiston Sharqshunoslari, Malik Abdusamatov, bibliografik ocherk, Qomuslar bosh tahririyati, Toshkent - 1996, 115-116-betlar