Rama Akkiraju IBM Almaden tadqiqot markazida faoliyat yurituvchi asli hindistonlik, amerikalik kompyuter olimi. U IBM shirkatida IT (innovatsion texnoligiya) operatsiyalari boʻyicha, sunʼiy intellekt sohasida tadqiqotlar olib boradi.

Rama Akkiraju
Tavalludi 1-iyun 1972-yil
Kasbi Kompyuter olimi

Rama oʻz faoliyatini New-Yorkdagi TJ Watson tadqiqot markazida boshlagan va keyinchalik IBM Almaden tadqiqot markaziga koʻchib oʻtgan. U 2015-yildan 2019-yilgacha IBM’ning Watson bo‘limida taniqli muhandis va muhandislik bo‘yicha direktor bo‘lib ishlagan.

Rama 2019-yilda IBM Fellow[1] unvoniga sazovor bo‘lgan. U 2014-yildan beri IBM Master ixtirochisi.

Taʼlimi

tahrir

Rama 2004-yilda New-York universiteti, Stern biznes maktabida biznes boshqaruvi magistri (MBA) darajasini oladi. U 1995-yilda Utah shtat universitetida kompyuter fanlari boʻyicha magistr darajasini va 1993-yilda Hindistonning Andxra-Pradesh shtatidagi JNTU muhandislik kollejida elektronika muhandisligi boʻyicha texnologiya bakalavri (B.Tech) darajasini olgan. 

Professional sifatida hissalari

tahrir

Rama 2018-yilda xizmat ko‘rsatish fanlari bo‘yicha professional jamiyat bo‘lgan ISSIP prezidenti bo‘lib ishlagan va ISSIP orqali AI loyihalarini faol boshqaradi. Rama CompTIA[2] sanoat forumida AI Kengashining hamraisi. Rama turli akademik konferentsiyalar va jurnallar, shu jumladan IEEE va ACM jamiyatida dastur qoʻmitasi raisi va dastur qoʻmitasi aʼzosi boʻlib ishlagan.

Faoliyati va tadqiqoti

tahrir

Rama 100 dan ortiq texnik maqolalar muallifi. U AAAI va INFORMs tomonidan sunʼiy intellekt va operatsion tadqiqotlar sohalarida 4 ta mukofot sovrindori.

Rama sunʼiy intellekt, IT operatsiyalari uchun sunʼiy intellekt va boshqalar boʻyicha koʻplab asosiy maʼruzalar, podkastlar[3][4] va blog postlarini[5][6][7] taqdim etgan.

Nashrlari va mukofotlari

tahrir

Rama kompyuter fanlari sohasida 100 dan ortiq texnik maqola[8] muallifi. U koʻplab sanoat mukofotlari va eʼtiroflariga sazovor boʻlgan.

  • Forbes jurnali tomonidan 2017-yilda AIning eng yaxshi 20 ta ayoli[9]
  • Fortune[10] jurnali tomonidan „AI for A-Team“ (2018)
  • Enterprise Management 360 (2019) tomonidan sunʼiy intellekt va mashinalarni oʻrganish boʻyicha 10 ta eng yaxshi kashshof ayollar[11]
  • ClickZ jurnali tomonidan marketing bilan bogʻliq eng yaxshi 10 ta AI fikrlash yetakchilari[12]
  • Kaliforniya universiteti, Berkli Afina mukofoti[13] Ijroiya va texnik yetakchilik uchun (2020)
  • 2020-yildan beri CompTIA sanoat tashkilotida AI Kengashining hamraisi.
  • Xizmat innovatsion mutaxassislari xalqaro jamiyati (ISSIP) prezidenti[14] (2018)
  • COMPTIA Spotlight mukofoti, sanoat maslahat kengashining yetakchilik mukofoti[15]

Manbalar

tahrir
  1. „2019 IBM Fellow Rama Akkiraju“ (en-US). 2019 IBM Fellow Rama Akkiraju (2019-yil 11-aprel). Qaraldi: 2022-yil 29-mart.
  2. AI Experts Discuss the Truth Behind "The Social Dilemma" | CompTIA AI Advisory Council (inglizcha), qaraldi: 2022-03-31
  3. Episode 1 - AIOps with Rama Akkiraju (inglizcha), 2020-10-13, qaraldi: 2022-03-31
  4. Ep6: Automating enterprise IT with Artificial Intelligence (inglizcha), 2021-09-24, qaraldi: 2022-03-31
  5. „Using Language Models to Optimize IT Operations Management in Watson AIOps“ (en-us). www.ibm.com. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  6. „Applying natural language understanding to IT operations data to build machine learning models for IBM Cloud Pak for Watson AIOps“ (en-US). IBM Developer. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  7. „Artificial intelligence“ (en-US). IBM Developer. Qaraldi: 2022-yil 30-mart.
  8. „dblp: Rama Akkiraju“ (en). dblp.org. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  9. Yao. „Meet These Incredible Women Advancing A.I. Research“ (en). Forbes. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  10. „Can This Startup Break Big Tech's Hold on A.I.?“ (en). Fortune. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  11. „Hilary Mason - One of Best Machine Learning Scientist | EM360“ (en). em360tech.com. Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  12. „Rama Akkiraju, IBM Fellow and Director at IBM Watson“ (en-US). ClickZ. 2022-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  13. „Meet the 2020 Women in Tech Initiative Athena Awards Winners !“ (en-US). CITRIS and the Banatao Institute (2020-yil 16-yanvar). Qaraldi: 2022-yil 31-mart.
  14. „Leadership team – ISSIP“. issip.org. 2022-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-sentyabr.
  15. „Five Technology Industry Leaders Honored with CompTIA 2021 Spotlight Awards“ (en). CompTIA Technology Interest Groups (2021-yil 18-mart). Qaraldi: 2022-yil 31-mart.

Havolalar

tahrir