Ramadon masjidi
Ramadon masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufidagi jome masjid boʻlib, Toshkent viloyati, Zangiota tumanida joylashgan boʻlib, tuman masjid va madrasalar tarkibiga kiradi[1].
Masjid | |
Ramadon masjidi
Ramadon | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Hudud | Toshkent |
Tuman | Zangiota |
Yoʻnalishi | sunniy |
Mulkdor | Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Musulmonlar idorasi |
Masjid turi | Jomeʼ-Masjid |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Soʻngi imom | Abdurahmon domla Astonoyev |
Qurilish materiali | gʻisht, beton, marmar |
Holati | amaldagi |
Tarovih | |
Saharlik va iftorlik | |
Kutubxona |
Joylashuvi va faoliyati
tahrirRamadon masjidi Toshkent viloyati hududidagi Zangiota tumani, Koʻksaroy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, S. Toʻlabayev koʻchasi 48-uyda joylashgan[2]. Mazkur masjidning bosh imom-xatibi Xudoyqul domla Roʻzanov boʻlib, ushbu masjidga Koʻksaroy nomli qishloq fuqarolar yigʻini, S. Toʻlabayev koʻchasida istiqomat qiluvchi mahalliy aholilar bilan birga unga yaqin boʻlgan hududlardan, jumladan, Chambil koʻchasi, Vatan koʻchasi, Chinor koʻchasi, Mevazor koʻchasi, Beshbarmoq koʻchasi, Shaxsiobod koʻchasi, Guliston koʻchasi, Mustaqillik koʻchasi, Ilgʻor mahalla fuqarolar yigʻini, Hamza koʻchasi, Guliston koʻchasi, Rohat koʻchasi, Beshterak koʻchasi, Oxunboboyev koʻchasi, Xuvaydo koʻchasi, Bahor koʻchasidan tashrif buyurishib, namoz ibotanini ado etishadi. Masjid islom meʼmorchiligi usulida bunyod etilgan, hamda, bosh imom-xatib xonasi, kutubxona, tahoratxona, dam olish xonalari mavjud.
Tarixi
tahrirUshbu masjid joylashgan hudud oldin Toshkent tumaniga qarashli boʻlgan. Masjid binosi bir necha yillar oldin mahalliy aholining hashar yoʻli bilan, shuningdek, homiylar, ulamolar, mahalla faollari, tadbirkorlar tomonidan qaytadan barpo etilgan. Masjidda namozxonlar 30 kishilik zamonaviy tahoratxonadan foylanashilari mumkin. Ramadon jome masjidi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan 2005-yil 22-noyabr kuni roʻyxatdan oʻtib, uning ustavi Toshkent viloyat adliya boshqarmasida roʻyxatga olingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „РАМАДОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. masjid.uz. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.
- ↑ „РАМАДОН ЖОМЕ МАСЖИДИ“. uzorg.info. uzorg.info. Qaraldi: 28-noyabr 2023-yil.