Raman Hrabarenka
Raman Hrabarenka (talaffuzi: Raman Xraberenka) (belaruscha: Raman Grabarenka, 1992-yil 24-avgustda tugʻilgan) (Roman Graborenko (ruscha: Roman Gpaborenko) nomi bilan ham tanilgan) – belaruslik professional xokkey himoyachisi. Raman Hrabarenka hozirda "VHK ROBE Vsetín" xokkey jamoasida faoliyat olib bormoqda.
Raman Hrabarenka | |||
---|---|---|---|
Tugʻilgan joyi |
24-avgust 1992-yil Mogilev, Belarus | ||
Boʻyi | 6 ft 4 in (193 cm) | ||
Ogʻirligi | 230 lb (104 kg; 16 st 6 lb) | ||
Pozitsiyasi | himoyachi | ||
Sobiq jamoalar |
VHK ROBE Vsetín New Jersey Devils HC Dinamo Minsk Neftekhimik Nizhnekamsk Kunlun Red Star HC Litvínov HC Bílí Tygři Liberec | ||
Milliy jamoa | Belarus | ||
Jamoalardagi faoliyat | 2012—hozirgacha |
Klublardagi oʻyin faoliyati
tahrirRaman Hrabarenka Belarussiyada tugʻilgan. Hrabarenka 6 yoshida xokkey bilan shugʻullana boshlagan. Raman Hrabarenka 11 yoshida ota-onasi bilan Rossiyaga koʻchib oʻtgan. Xokkeychilik karyerasini davom ettirish uchun Raman Hrabarenka 16 yoshida AQShga koʻchib oʻtgan va Sharqiy xokkey ligasi vakili „Philadelphia Revolution“ xokkey jamoasida oʻynay boshlagan[1].
Shundan soʻng, Raman Hrabarenka „Cape Breton Screaming Eagles“ va „Drummondville Voltigeurs“ xokkey klublari bilan faoliyatini davom ettirdi[2].
Raman Hrabarenka 2012—2013-yilgi mavsumda Amerika xokkey ligasining „Albany Devils“ xokkey jamoasida harakat qildi. Keyinchalik Raman Hrabarenka „Albany Devils“ xokkey klubining asosiy filiali „New Jersey Devils“ xokkey klubi bilan 2013-yil 12-iyulda uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi[3].
Raman Hrabarenka 2014—2015-yilgi mavsumda NHLda ilk oʻyinini 2015-yil 9-aprel kuni „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubiga qarshi uchrashuvda oʻtkazdi[4].
Shundan soʻng, Raman Hrabarenka 2016-yil 22-avgustda „Toronto Maple Leafs“ xokkey klubi bilan professional sinov shartnomasiga rozi boʻldi[5]. Sinov muvaffaqiyatsiz tugadi va 2016-yil dekabr oyida Hrabarenka Belarussiyaga qaytib, Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „HC Dinamo Minsk“ klubi bilan shartnoma imzoladi[6]. Raman Hrabarenka 2016—2017-yilgi mavsumda „HC Dinamo Minsk“ xokkey klubi safida 17 ta oʻyin oʻtkazib, 6 ochko jamgʻardi. Keyin Raman Hrabarenka 2017-2018-yilgi mavsum uchun „Neftekhimik Nizhnekamsk“ xokkey klubi bilan shartnoma imzoladi[7].
Chexiya Ekstraligasi vakili „HC Litvínov“ va „HC Bíli Tygři Liberec“ xokkey klublari bilan ikki mavsum davomida faoliyat olib bordi. Keyin Hrabarenka 2020-yil 15-mayda bir yillik shartnoma asosida Kontinental xokkey ligasi (KHL) vakili „Neftekhimik Nizhnekamsk“ xokkey jamoasi safiga qaytdi[8].
Xalqaro oʻyinlardagi faoliyati
tahrirRaman Hrabarenka 2012-yilda Belarus milliy xokkey terma jamoasi safida ilk oʻyinini oʻtkazdi. Shundan soʻng, Raman Hrabarenka terma jamoa safida 2013, 2014 va 2017-yilgi jahon chempionatlarida ham ishtirok etdi.
Faoliyat statistikasi
tahrirMuntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
tahrirMuntazam mavsum | Pley-off oʻyinlari | |||||||||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Mavsum | Klub | Liga | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | ||
2009—2010 | Philadelphia Revolution | EJHL | 32 | 4 | 5 | 9 | 59 | — | — | — | — | — | ||
2010—2011 | Cape Breton Screaming Eagles | QMJHL | 50 | 2 | 7 | 9 | 68 | 4 | 0 | 0 | 0 | 8 | ||
2011—2012 | Cape Breton Screaming Eagles | QMJHL | 30 | 1 | 5 | 6 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2011—2012 | Drummondville Voltigeurs | QMJHL | 27 | 3 | 11 | 14 | 29 | 4 | 2 | 1 | 3 | 6 | ||
2012—2013 | Albany Devils | AHL | 34 | 1 | 4 | 5 | 18 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Elmira Jackals | ECHL | 5 | 0 | 2 | 2 | 4 | — | — | — | — | — | ||
2013—2014 | Albany Devils | AHL | 48 | 6 | 15 | 21 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | Albany Devils | AHL | 47 | 9 | 18 | 27 | 26 | — | — | — | — | — | ||
2014—2015 | New Jersey Devils | NHL | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||
2015—2016 | Albany Devils | AHL | 47 | 5 | 4 | 9 | 42 | — | — | — | — | — | ||
2016—2017 | HC Dinamo Minsk | KHL | 16 | 2 | 6 | 8 | 21 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 | ||
2017—2018 | Neftekhimik Nizhnekamsk | KHL | 17 | 1 | 1 | 2 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2017—2018 | Kunlun Red Star | KHL | 31 | 1 | 2 | 3 | 12 | — | — | — | — | — | ||
2018—2019 | HC Litvínov | ELH | 22 | 1 | 4 | 5 | 16 | — | — | — | — | — | ||
2019—2020 | HC Bílí Tygři Liberec | ELH | 49 | 0 | 10 | 10 | 85 | — | — | — | — | — | ||
2020—2021 | Neftekhimik Nizhnekamsk | KHL | 9 | 1 | 1 | 2 | 24 | — | — | — | — | — | ||
NHL jami | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | — | — | — | ||||
KHL jami | 73 | 5 | 10 | 15 | 73 | 1 | 0 | 0 | 0 | 2 |
Xalqaro
tahrirYil | Jamoa | Tadbir | Oʻyin | Gol | Golli uzatma | Ochko | Penalti | |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|
2008-yil | Belarus | U-18 | 6 | 0 | 0 | 0 | 2 | |
2009-yil | Belarus | U-18 | 5 | 0 | 0 | 0 | 4 | |
2012-yil | Belarus | WJC | 5 | 2 | 2 | 4 | 2 | |
2012-yil | Belarus | WC | 7 | 0 | 1 | 1 | 0 | |
2013-yil | Belarus | WC | 7 | 1 | 0 | 1 | 2 | |
2014-yil | Belarus | WC | 8 | 0 | 2 | 2 | 2 | |
2017-yil | Belarus | WC | 4 | 0 | 1 | 1 | 6 | |
Oʻsmirlar safida | 16 | 2 | 2 | 4 | 8 | |||
Kattalar safida | 26 | 1 | 4 | 5 | 10 |
Manbalar
tahrir- ↑ Chere. „Greetings from the press box: Another Devils rookie will make his NHL debut“. NJ.com (2015-yil 9-aprel). Qaraldi: 2017-yil 20-may.
- ↑ „Raman Hrabarenka players profile“. Drummondville Voltigeurs (2012-yil 5-may). 2013-yil 24-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 5-may.
- ↑ Ren Lavoie. „Raman Hrabarenka signed with the New Jersey Devils“. Twitter (2013-yil 12-iyul). Qaraldi: 2013-yil 12-iyul.
- ↑ Chere. „What went wrong and what went right for Devils' rookie defensemen“. NJ.com (2015-yil 9-aprel). Qaraldi: 2017-yil 20-may.
- ↑ „Maple Leafs sign Brandon Prust, Raman Hrabarenka to PTOs“. Sportsnet.ca (2016-yil 22-avgust). Qaraldi: 2016-yil 22-avgust.
- ↑ HC Dinamo Minsk. „Роман Граборенко – в ХК "Динамо-Минск"“ (Russian). HCDinamo.by (2016-yil 9-dekabr). Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.
- ↑ HC Neftekhimik Nizhnekamsk. „"Нефтехимик" подписал защитника Граборенко“ (Russian). HCNeftekhimik.ru (2017-yil 21-iyul). Qaraldi: 2017-yil 15-sentyabr.
- ↑ „Nizhnekamsk sign a contract with Hrabarenka“ (Russian). HC Neftekhimik Nizhnekamsk (2020-yil 15-may). Qaraldi: 2020-yil 15-may.