Ramziddin Saidov
Ramziddin Beshimovich Saidov (1982-yil 14-aprel, Buxoro viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek dzyudochisi, 81 dan 100 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etadi. XXVIII yozgi Olimpiya oʻyinlari va XXX yozgi Olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi, dzyudo boʻyicha Osiyo chempioni, Osiyo oʻyinlari va Jahon harbiy oʻyinlari sovrindori. Xalqaro toifadagi hakam, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi.
Ramziddin Beshimovich Saidov | |
---|---|
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Jinsi | Erkak |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Tavallud sanasi |
14-aprel 1982-yil Buxoro viloyati, Oʻzbekiston |
Sport | |
Qaysi sport | Dzyudo |
Medallar | |
„Shuhrat“ medali |
Sport mukofotlari | ||
---|---|---|
Osiyo chempionati | ||
Oltin | Olma-Ota 2004 | 81 kg gacha |
Oltin | Abu-Dabi 2011 | 100 kg gacha |
Oltin | Toshkent 2012 | 100 kg gacha |
Bronza | Toshkent 2016 | 100 kg gacha |
Yozgi Olimpiya oʻyinlari | ||
Oltin | Doha 2006 | 90 kg gacha |
Bronza | Doha 2010 | 100 kg gacha |
Oltin | London 2014 | 100 kg gacha |
Jahon Harbiy oʻyinlari | ||
Kumush | Haydarobod 2007 | 90 kg gacha |
Sport faoliyati
tahrirRustam Toʻraev[1] qoʻl ostida dzyudo bilan mashgʻul boʻla boshladi.
2004-yilda Olma-Otada (Qozogʻiston) oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 81 kg vazn toifasida u finalda eronlik dzyudochi Rizo Chaxandagni magʻlub etib, oltin medalni qoʻlga kiritdi[2]. Afinadagi (Gresiya) Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 81 kg vazn toifasida 1/32 finalda belaruslik dzyudochi Sergey Shundikovga oʻyinni boy berdi[3].
2006-yilda Dohadagi (Qatar) Yozgi Osiyo oʻyinlarida 90 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida 1/16 finalda koreyalik dzyudochi Xvan Xi Txega yutqazib, keyin oltin medalni qoʻlga kiritdi. Taskin beruvchi raundida avvaliga quvaytlik Yusuf Al-Enazi, soʻngra indoneziyalik dzyudochi Krisna Bayu, oʻyin niyaoyasida bronza medali uchun kechgan jangda eronlik Hossein Gomini magʻlub etdi[4]. 2007-yilda Haydarobodda (Hindiston) boʻlib oʻtgan Jahon Harbiy oʻyinlarida kumush medalni olishga muvaffaq boʻldi.
2010-yilda Guanchjouda (Xitoy) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 100 kg vazn toifasida turnirning bronza medalini qoʻlga kiritadi[5]. 2011-yili Abu-Dabi (Birlashgan Amir Amirligi) shahrida oʻtkazilgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 100 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida finalda koreyalik dzyudochi Xvan Xi Txe[6], 2012-yili Toshkentda boʻlib oʻtgan Osiyo chempionati finalida eronlik sportchi Javod Majubni[7] magʻlubiyatga uchratgan.
2012-yilda Londondagi (Buyuk Britaniya) Yozgi Olimpiya oʻyinlarida 100 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasida chorak finalda olimpiya chempioni moʻgʻulistonlik dzyudochi Naidangiin Tuvshinbayarga oʻyinni boy bergandi. Ramziddin Saidov taskin beruvchi raundda avvaliga Ozarbayjon vakili Elmar Gasimovadan qoʻli baland keldi, biroq bronza medali uchun kechgan jangda Yevropa chempionati gʻolibi, germaniyalik dzyudochi Dmitriy Petersga yutqazib qoʻydi[8][9].
2014-yilda Inchxon shahrida (Koreya Respublikasi) boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida 100 kg vazn toifasida bronza medali sohibi boʻldi[10]. 2016-yilda Toshkentda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha Osiyo chempionatida 100 kilogramm vazn toifasida bronza medalini qoʻlga kiritdi[11].
Sport faoliyati yakunlagach, u hakamlik qila boshladi va xalqaro toifadagi hakam maqomini oldi. Shu bilan bir qatorda koʻpgina sport musobaqalarida hakamlik qildi. 2020-yil Tokiodagi (Yaponiya) yozgi Olimpiya oʻyinlarida u dzyudo boʻyicha hakamlik qilgan[12][13].
Davlat mukofotlari
tahrir- „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat kursatgan sportchi“
- “Shuhrat” medali sohibi
- “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni
- “Doʻstlik” ordeni
Manbalar
tahrir- ↑ „Рамзиддин Саидов: «Я счастлив участвовать в Олимпиаде и как спортсмен, и как судья»“ (ruscha). Sport Portal (17-avgust 2021-yil). 21-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „Results of 2004 Asia Championship“. web.archive.org (12-sentabr 2014-yil). 12-sentabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-avgust 2021-yil.
- ↑ „Olympedia – Half-Middleweight (≤81 kilograms), Men“. www.olympedia.org. 26-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ http://sportfieber.pytalhost.com/j/judo/asiangames/2006/JUM090000_C75%204.0.pdf[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Архивированная копия“. 29-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „Архивированная копия“. 22-noyabr 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „Архивированная копия“. 7-iyul 2020-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „Wayback Machine“. web.archive.org. 11-may 2013-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ UzDaily. „Лондон-2012: Рамзиддин Саидов проиграл бой за бронзовую медаль“ (ruscha). UzDaily.uz. 21-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „NumberofentriesbyNOC | JU | Sports“. web.archive.org (6-oktabr 2014-yil). 6-oktabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „JUDO UNION OF ASIA“. web.archive.org (4-iyul 2017-yil). 4-iyul 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „Наш судья Рамзиддин Саидов будет судить дзюдо на Олимпиаде в Токио“ (ruscha). https://yuz.uz. 21-avgust 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.
- ↑ „Бекмурод Олтибоев и Рамзиддин Саидов на Олимпиаде в Токио“ (ruscha). Национальный олимпийский комитет Узбекистана. Qaraldi: 21-avgust 2021-yil.