Randalash stanogi
Randalash stanogi — 1) yassi va shakldor sirtlarni yoʻnish uchun moʻljallangan metall kesish qurilmasi. Koʻndalang randalash va boʻylama randalash xillariga boʻlinadi. Koʻndalang Randalash stanogida keskin polzun bilan birga ilgarilamaqaytma harakatlanadi, boʻylama Randalash stanogida esa keskich emas, balki zagotovka (ishlov beriladigan xomaki detal) harakatlanib turadi; 2) yogoch sirtlarini tekislash va silliqlash, yogʻoch buyumlarda shakldor sirtlar hosil qilish uchun moʻljallangan yogʻoch yoʻnish qurilmasi. Bunda keskich aylanib turadi, yogʻoch zagotovka ilgarilama harakatlantiriladi.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |