Rangsiz tushlar
Rangsiz tushlar – 2020-yilda Ayub Shahobiddinov tomonidan suratga olingan psixologik drama[1].
Rangsiz tushlar | |
---|---|
Rejissyor(lar) | Ayub Shahobiddinov |
Prodyuser(lar) | Firdavs Abduxoliqov |
Ssenariynavis(lar) | Umid Hamdamov |
Rollarda |
Feruza Saidova Karim Mirxodiyev Shohida Ismoilova Anvar Nazarov Begzod Abdumuhitov Nafisa Toshmatova Sevara Xamraqulova Doniyor Xafizov Maqsud Yunusov Asal Abdullayeva Lola Eltoyeva Jamshid Mamajonov |
Bastakor(lar) | Ubaydullo Karimov |
Chiqarilgan sanasi | 2020-yil |
Mamlakat |
![]() |
Til | oʻzbekcha |
Syujeti
tahrirFilmda inson xarakteri va tabiati oʻzgarishining baʼzi jihatlari: qamoqdagi, jamiyatdagi va oiladagi holatlari namoyish qilinadi. 17 yillik qamoq jazosidan keyin Kashmira oʻz Vataniga qaytadi. Uning uyida hamma narsa xotirjam va tinch edi, u bu holatni shundayligicha qoldirishni tanlab hech narsani oʻzgartirishni xohlamasdi, lekin qaytganidan keyin u kutmagan va tayyor boʻlmagan voqealar boshlanib ketadi.
Rollarda
tahrir- Feruza Saidova — Kashmira;
- Karim Mirxodiyev — Kashmiraning otasi;
- Shohida Ismoilova — Kashmiraning onasi;
- Anvar Nazarov — Jasur;
- Begzod Abdumuhitov — Jamshid;
- Nafisa Toshmatova — Nafisa;
- Sevara Xamraqulova — Nargiza;
- Doniyor Xafizov — Rustam;
- Maqsud Yunusov — Poʻlat;
- Asal Abdullayeva — Aygiz;
- Lola Eltoyeva — Ozoda;
- Jamshid Mamajonov — Maqsud.
Namoyish etilishi
tahrirRangsiz tushlar filmining premyerasi 2020-yil 8-avgustda Italiyadagi Lucania Film Festival kinofestivalida boʻlib oʻtdi[2][3][4]. Keyinchalik film bir necha xalqaro film festivallarida, jumladan, Rossiyada boʻlib oʻtgan Kazan International Muslim festivalida; Rossiyaning Anapa shahrida boʻlib oʻtgan Kinoshock kinofestivalida; Indoneziyada boʻlib oʻtgan Jogja-NETPAC Asian kinofestivalida va Italiyadagi Asiatica kinofestivalida namoyish etildi[5][6][7].
Mukofotlari
tahrirRangsiz tushlar Dhaka shahrida boʻlib oʻtgan Cinemaking xalqaro kinofestivalida „Eng yaxshi ssenariy“ mukofotiga loyiq koʻrilgan[8].
Yil | Festival | Nomzodlik | Holat | Mamlakat |
---|---|---|---|---|
2020-yil | Cinemaking xalqaro kinofestivali | Eng yaxshi ssenariy | Gʻolib | Bangladesh |
2021-yil | Oltin humo | Eng yaxshi rejissyor | Oʻzbekiston | |
Eng yaxshi ssenariy | Oʻzbekiston | |||
Eng yaxshi bastakor | Oʻzbekiston |
Tanqidlar
tahrirFilmning ijrosi va mavzu tanlovi yaxshi baholangan, lekin tomoshabinlar uni toʻliq anglash uchun baʼzi jihatlar yetarli darajada ishlab chiqilmagan deb hisoblashgan[9].
Manbalar
tahrir- ↑ „«Узбеккино» представляет премьеру фильма «Бесцветные сны»“ (ru-UZ). Газета.uz (2020-yil 19-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Ayub Shakhobiddinov's "Colorless Dreams" gets into another international film festival | Embassy of the Republic of Uzbekistan in Malaysia“. uzbekembassy.com.my. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ uza.uz „Фильм "Бесцветные сны" получил еще одно приглашение на международный кинофестиваль“ (uz). Uza.uz (2020-yil 22-iyul). Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „"Rangsiz tushlar" filmi Italiyadagi kinofestivalda ishtirok etish uchun taklif oldi“ (uz). Kun.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Colorless Dreams (2020) - Asiatica Film Festival“ (it). mymovies.it. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Ayub Shahobiddinovning "Rangsiz tushlar" filmi 2 xalqaro kinofestivalda ishtirok etadi“ (uz). xs.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Драма "Бесцветные сны" Аюба Шахобиддинова попала в основную конкурсную программу двух международных кинофестивалей“ (ru). Podrobno.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ „Фильм "Бесцветные сны" получил приз на международном кинофестивале“ (ru). www.xabar.uz. Qaraldi: 2024-yil 15-aprel.
- ↑ Eldar Asanov. „Uyga qaytgan bilan hayot o‘nglanib qolmaydi. “Rangsiz tushlar”ning ranglari haqida“. Daryo.uz (2020-yil 26-dekabr). Qaraldi: 2025-yil 2-yanvar.
Havolalar
tahrir