Rapakivi (fincha rapakivi — chirigan tosh) — porfirsimon struktura koʻrinishidagi granit; oligoklazning oq yoki ochyashil hoshiyasi bilan oʻralgan yumaloq shaklli (ovoid) pushti rang ortoklaz aralashgan. Tarkibida ortoklaz (40% ga yaqin), oligoklaz (20 % cha), qoramtir slyuda (8% cha), idiomorf kvars (30% cha) va ikkilamchi minerallardan amfibol, ortit, sfen, diopsid, magnetit, apatit kabilar bor. Rangi koʻpincha qoʻngʻirpushti, qizgʻish, baʼzan yashilroq yoki qoramtir. R. nurashga nisbatan chidamsiz, kelib chiqishi baxsli. R. Finlandiya va Shvetsiyada koʻp uchraydi, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi, Ukraina va boshqa joylarda bor. R. qurilish va imorat sirtini qoplash uchun ishlatiladigan muhim tosh (yana qarang Granit).[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil