Raqamli hisoblash mashinasi — amallar raqamli kodpar yordamida bajariladigan elektron hisoblash mashinasi. Unda qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlish amallaridan tashqari, mantiqiy amallar ham bajariladi. Raqamli hisoblash mashinasi m.da misol yechish uchun, albatta, dastur tuziladi. Mashina amallarni zarur komandalar orqali maʼlum tartibda avtomatik ravishda yechadi. Tuzilgan dastur perforatsion (teshikteshik) lenta, magnit lenta va boshqalarga shartli kod bilan yozilgan holda maxsus (kirituvchi) qurilma yordamida mashinaga kiritiladi.

Umuman Raqamli hisoblash mashinasi arifmetik qurilma, xotira qurilmasi, boshqarish qurilmasi va natija chiqaruvchi qurilmadan iborat. Arifmetik qurilma, asosan, qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish, boʻlish va mantiqiy amallarni bajarish uchun, xotira qurilmasi sonlar va komandalarni saqlash uchun qoʻllanadi. Boshqarish qurilmasi mashinaning bir meʼyorda ishlashini taʼminlaydi. Agar mashina notoʻgʻri ishlasa, uni tezda toʻxtatadi, mashina ishini doimo nazorat qilib turadi. Natija chiqaruvchi qurilma olingan natijalarni qogʻozga turli qurilmalar yerdamida qayd qilib boradi. Raqamli hisoblash mashinasida tranzistorlar va integral sxemalar ishlatiladi. Xalq xoʻjaligida Raqamli hisoblash mashinasi m. ilmiytexnik hisoblarni bajarish, maʼlumotlarni avtomatik tarzda qayta ishlash, jarayonlarni avtomatik boshqarish va boshqa uchun qoʻllanadi. XX asr 60-yillaridan EHM termini racm boʻldi, 90-yillaridan shaxsiy kompyuterlar deb ataluvchi ixcham EHM lar koʻproq qoʻllana boshladi[1].

Kompyuter tarixi katta hajmdagi hisoblashlarni osonlashtirish va avtomat-lashtirishga urinishlar bilan chambarchas bogʻliq. Koʻp sonli oddiy arifmetik operatsiyalar ham inson miyasi uchun qiyinchilik tugʻdiradi. Shu sababli qa-dimgi davrlarda eng oddiy roʻyxatga olish qurilmasi – abakus paydo boʻlgan. XVII asrda murakkab matematik hisoblarni osonlashtirish uchun slayd qoi-dasi ixtiro qilindi. 1642-yili Blez Paskal sakkiz xonali jamlash mexanizmini yaratdi. Ikki asr oʻtgach, 1820-yilda fransuz tadbirkori Toma de Kolmar koʻpaytirish va boʻlishga qodir boʻlgan arifmometrni yaratdi. Ushbu qurilma hisob jadvallarida oʻz oʻrnini egalladi.Raqamli hisoblash qurilmasi raqam yoki harf-raqam koʻrinishida ifoda-langan kattaliklar ustida amallar bajaradigan hisoblash mashinasidir. Uning tarkibiga markaziy boshqarish qurilmasi, arifmetik qurilma, xotira qurilmasi, kiritish va chiqarish qurilmalari (ba’zan kirish va chiqish qurilmalari ham deyiladi), boshqarish pulti, shuningdek, boshlangʻich ma’lumotlarni oldindan tayyorlaydigan va yechim natijalarini tayyorlaydigan tashqi qurilmalar kiradi.Raqamli hisoblash qurilmasiga aloqa kanallari orqali turli tashqi qurilma-lar (displey, grafi k chizgich va boshqalar) ulanishi mumkin. Turi va vazifa-siga koʻra raqamli hisoblash qurilmalarining tarkibi va parametrlari har xil boʻladi (23-rasm).Raqamli hisoblash qurilmalarining alohida boʻlimlari ma’lumotlarni uza-tuvchi kanallar bilan oʻzaro bogʻlangan. Ularning ish jarayonida yechish 23-rasm. Raqamli hisoblash qurilmalari: a – integral mikrosxema korpusi;b – mikroprotsessor korpusi.abhttp://eduportal.uzhttp://eduportal.uz (Wayback Machine saytida 2022-03-16 sanasida arxivlangan) 53dasturi va boshlangʻich ma’lumotlardan foydalaniladi.Masalani yechish ja-rayoni alohida operatsiyalarni ketma-ket yechishga olib keladi va har qaysi operatsiya, odatda, raqamli hisoblash qurilmasi ishining bitta takti davomida ma’lum buyruq boʻyicha amalga oshiriladi. Raqamli hisoblash qurilmala-rining asosiy parametrlari ishlash tezligi razryadliligi, buyruq tizimi va ularning manzilliligi, xotira qurilmalarining tarkibi va axborot sigʻimi, axbo-rotlarni kiritish-chiqarish komplekti, mantiqiy elementlar turi, hajmi, iste’mol quvvati, narxi ishonchliligidir. Raqamli hisoblash qurilmalari avtomatik va avtomatlashtirilgan boshqarish tizimining muhim elementi hisoblanadi. Ular ilmiy muhandislik hisoblarida, iqtisodiy axborotlarga ishlov berishda, loyi-halash va texnologik hisoblarda, ilmiy-texnik axborotlarni toʻplash, ularga ishlov berish va izlashda, oʻqitishni dasturlashtirish va boshqa maqsadlarda keng ishlatiladi.Raqamli hisoblash qurilmalarining asosiy xususiyatlari: 1) xotira qurilma-si – dastlabki ma’lumotlar, yechim natijalari va masalalarning yechish das-turlarini qabul qilish, saqlash va mashinaning turli qurilmalariga berish im-koniga ega; 2) mashina bilan odamning axborot almashishidagi tizimning ri-vojlanganligi. Bu axborotni kiritish va chiqarishni qulaylashtiradi, dasturlarni toʻgʻrilash, shuningdek,insonning hisoblash jarayonining borishiga operativ ta’sirini yengillashtiradi; 3)tarkibida arifmetik, mantiq boshqarish operatsiya-lari va axborotlarni uzatish buyruqlari tarmoqlangan sistemasining borligi; 4) matematik ta’minotning rivojlanganligi. Ichki xotiraga ega raqamli mik-rosxemalarning eng oddiy namunalari trigger va registrlardi.

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil