Rashid Ashuraliyev
Rashid Salohutdinovich Ashuraliyev — sovet iqtisodchisi, davlat va siyosat arbobi.
Rashid Salohutdinovich Ashuraliyev | |
---|---|
O‘zbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qo‘mitasining birinchi kotibi- | |
Mansab davri 1982 – 1987-yillar | |
Avvalgisi | Rahimov Bektosh Rahimovich |
Keyingisi | Rajabov Nazir Rajabovich |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1931-yil O‘zbekiston |
Vafoti | 1998-yil |
Siyosiy partiyasi | KPSS |
Faoliyati | Xizmat ko‘rsatgan iqtisodchi |
Maʼlumoti | Oliy |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirAshuraliyev Rashid Salohutdinovich 1931-yilda tugʻilgan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi) aʼzosi hisoblangan.
Rashid Salohutdinovich 1950-yildan boshlab mamlakatdagi siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda faoliyat olib borgan. Jumladan, 1950-1987-yillarda — Andijon viloyati Moskva tumani kolxozlarida bosh hisobchi oʻrinbosari, bosh hisobchi, hududiy boshqarma bosh hisobchisi, tuman qishloq xoʻjaligi tashkiliy kolxoz boʻlimi boshligʻi, Tashkiliy kolxoz ishlari boʻyicha bosh boshqarma boshligʻi vazifalarida mehnat qilgan. Shuningdek, Ashuraliyev Oʻzbekiston SSR qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti qishloq xoʻjaligi boʻlimi mudiri oʻrinbosari, Oʻzbekiston SSRning Taʼminot vaziri, Oʻzbekiston SSR Vazirlar Soveti Raisining birinchi oʻrinbosari, Oʻzbekiston Kompartiyasi Samarqand viloyat qoʻmitasi birinchi kotibi lavozimlarida ham ishlagan.
Ashuraliyev Rashid SSSR Oliy Kengashining 11-chaqiriq, Oʻzbekiston SSR Oliy Kengashining 9-va 10-chaqiriqlari deputati etib saylangan. KPSS (Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi)ning XXVII s’ezdi delegati ham hisoblangan.
Rashid Ashuraliyev Oʻzbekistonda istiqomat qiladi.
Havolalar
tahrir- Oʻzbekiston SSR Oliy Soveti deputatlari: Oʻninchi chaqiriq. (Qisqacha biografik maʼlumot). — T.: Oʻzbekiston, 1981. — S. 190.
- GA RF R7523 105 91 SSSR Oliy Kengashi Prezidiumining 1971-yil 8-aprelda qabul qilingan Farmonlari va ularga materiallar / 10-sonli bayonnomaga / No 1455-VIII dan 1458-VIII gacha, jild. 16