Rashit Kairjanovich Akimov (qozoqcha: Рашит Қайыржанұлы Әкімов) — 1954-yil 15-martda Ulguli Irtish tumani Pavlodar viloyatida (Qozogʻiston SSSR tarkibidagi bo'lgan) tavallud topgan. U qozoq davlat siyosiy davlat arbobi. 2004-yildan—2007-yilgacha senat deputati aʻzosi boʻlib faoliyat olib borgan. Keyinchalik Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senatining Oqmola viloyatidan deputati aʻzosi sifatida faoliyat olib borgan va ish faoliyati davomida siyosiy va jamoat ishlarida faoliyat yuritgan (2014—2020).

Rashit Kairjanovich Akimov
senat deputati
Mansab davri
2004-yil – 2007-yil
Qozogʻiston Senat Oqmola viloyati deputati aʼzosi
Mansab davri
2014-yil – 2020-yil
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi
Rashit Kairjanovich Akimov

1954-yil 15-mart
Irtish, Paylodar, Qozogʻiston
Fuqaroligi Qozogʻiston bayrogʻi

Biografiya

tahrir

Mehnat faoliyatini 1970-yilda sovxozda ishchi sifatida boshlagan[1].

1980-yilda Selinograd qishloq xoʻjaligi institutini veterinariya shifokori, 2005-yilda Femida yuridik akademiyasini huquqshunos mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

SSSR Qurolli Kuchlari zahirasining podpolkovnigi[1].

1980—1983-yillarda Selinograd qishloq xoʻjaligi instituti oʻquv-tajriba xoʻjaligi katta veterinar shifokori.

1984—1987-yillardagi Vitebsk veterinariya instituti aspiranti, veterinariya fanlari nomzodi (dissertatsiya mavzusi: "Kompleks davolashda immunomodulyatorlarning aerozollari va qoʻzilarda bronxopnevmoniyaning oldini olish")[1].

1987—1993-yillarda - Selinograd qishloq xoʻjaligi instituti yordamchisi, bosh veterinar, oʻquv-tajriba xoʻjaligi direktori oʻrinbosari[1].

1993—1994-yillarda - Selinograd tumani hokimligi boshligʻi oʻrinbosari.

1994—1997-yillarda - "Nura" AJ boshqaruvi raisi[1].

Hokim lavozimlarida ishlagan:

Selinograd tumani (1997-yil iyul — 1999-yil aprel);

Shuchinskiy tumani (1999-yil aprel — 2004-yil oktyabr);

Kokshetu (2004-yil oktyabr — 2007-yil sentyabr);

Astraxan viloyati (2007-yil sentyabr — 2012-yil aprel);

Oqkoʻl tumani (2012-yil aprel — 2013-yil fevral).

2013-yil fevral - 2014-yil oktyabr — Oqmola viloyati hokimi oʻrinbosari[1].

2014-yil oktabrdan — 2020-yilgacha — Qozogʻiston Respublikasi parlamenti Senatining Oqmoʻla viloyatidan deputati[1].

Mukofotlar

tahrir

"Kurmet" ordeni (1999)

"Farosat" ordeni (2007)

"Qozogʻiston Respublikasi mustaqilligining 10 yilligi" medali (2001)

"Qozogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasining 10 yilligi" medali (2005)[2]

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 „Акимов Рашит Каиржанович (персональная справка)“. 2021-yil 21-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 9-noyabr.
  2. „В ЦИКе подвели итоги выборов депутатов сената“. Азаттык (2014-yil 2-oktyabr). 2019-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.