Francesco Rastrelli
(Rastrelli Varfolomeydan yoʻnaltirildi)
Francesco Bartolomeo Rastrelli [1700, Parij (?) — 1771, Peterburg] — rus arxitektori, barokko uslubi vakili. Millati italyan. Peterburgga 1716-yil otasi — xaykaltarosh B. Rastrelli bilan kelgan. 1730—63 yillar saroy arxitektori bulgan. Uning asosiy ishlari: Rundal (1736—40) va Mitav (1738—40)dagi Biron saroylari, hozirgi Pushkin shahridagi qayta qurilgan Katta Yekaterina saroyi (1752—57), Petrodvorets (1747—52), Qishki saroy (1754—62) va boshqa Kiyevda R. loyihasi asosida Andreyev cherkovi (1749—53) va Marinsk saroyi (1750—53) qurilgan.[1]
Ad: Kozmyan G.K., F.B. Rastrelli, L., 1976.
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |