Rasul Xolid (asl nomi Rasulov Xolid) (1911.20.6 — Toshkent — 1991.11.3) — adabiyotshunos, shoir va dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1991), filologiya fanlari doktori (1972). Toshkentdagi ishchilar fakultetini (1932), Madaniy qurilish institutini (1934), Til va adabiyot instituti aspiranturasini (1937) tugatgan. Respublika gaz. va jurnallarida ishlagan (1931— 49). Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti ilmiy xodimi (194143; 194750), Adabiyot muzeyi ilmiy xodimi (1950—54) va direktori (1955—57), Til va adabiyot instituti sektor mudiri (1957—67). 1967 yildan Adabiyot muzeyi, 1978 yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Qoʻlyozmalar instituti boʻlim mudiri. Ilk sheʼriy toʻgshami — "Qalb qoʻshigʻi" (1931). "Rayhon" (1938) va "Taras" (1939) dostonlari muallifi. Sheʼrlarida tabiat manzaralari, inson ichki kechinmalari, oʻzbek xalqining fidokorona mehnati ulugʻlangan. Bastakor I. Xamroyev bilan hamkorlikda "Shoirning orzusi" musiqali dramasini yaratgan (1962).

X.R. Furqat ijodining ilk tadqiqotchisi hisoblanadi: "Zokirjon Furqat ijodi" (1954), "Furqat" monografiyalari, Furqat asarlari 2 jildligi (1991; nashrga tayyorlovchi va xattot) va boshqa Folklorshunos sifatida "Oʻzbek xalq ertaklari" (1960, 2 j.li),"Balogardon" va "Murodxon" dostonlarini (1965) nashr ettirgan. "Kattalar alifbosi" (195258; 1964), "Vatan adabiyoti" (1950—55), "Oʻzbek adabiyoti tarixi" (1962) darsliklarining mualliflaridan. "Qozoq sheʼriyati antologiyasi"ni oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

Manbalar

tahrir
  • Hayot ilhomlari, T., 1949; Baxtnashʼasi, T., 1960; Inson madhi, T., 1968; Oʻzbek epik sheʼriyatida xalqchillik (18—19-asrning 1-yarmi), T., 1973.

Ad.:Imomxoʻjayev T., Xolid Rasul ijodi, T., 1973.