Orif Rasulov
(Rasulov Orif Hakimovichdan yoʻnaltirildi)
Orif Hakimovich Rasulov (1908.12.11, Qoʻqon — 1975.14.2, Toshkent) — huquqshunos olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1969), professor (1970). Toshkent yuridik institutida katta oʻqituvchi (1933—1937), Oʻzbekiston prokurorining yordamchisi, keyinchalik oʻrinbosari (1937— 42). Ikkinchi jahon urushi yillari armiyada siyosiy ishlarda, soʻng harbiy prokuror (1942—1945). Toshkent yuridik institutida, Toshkent Davlat Universitetining yuridik fakultetida dotsent, kafedra mudiri (1948—1973). R.ning ilmiy ishlari huquq tarixi va jinoyat huquqiga bagʻishlangan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |