Ratsionalizatorlik — texnika vositalari, i.ch. texnologiyasi, mashina detallari, tayyor mahsulot va boshqalarni takomillashtirishga doir yangi texnik yechimlar hamda takliflarni ishlab chiqish bilan shugʻullanish. R.ning ixtirochilikdan farqi (qarang Ixtiro) shundaki, u muayyan ishlab chiqarish, korxona bilan, bironbir texnologiya, mashina va qurilmaga yangilik kiritish bilan bogʻliq boʻladi, R. aniq bir mashina, texnologik jarayon, detal va boshqalarni takomillashtirishga, ish unumdorligini oshirishga, ishlab chiqariladigan mahsulot sifatini yaxshilashga qaratiladi. Masalan, paxta terish mashinasining asosiy paxta terish organi — shpindelini takomillashtirishga doir taklif R. taklifi hisoblanadi. R. taklifi berish shartlari, uni muhofaza qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan 1994-yil qabul qilingan qonunda belgilab qoʻyilgan. R. uchun guvohnoma berish ishlari Oʻzbekiston Respublikasi patent idorasi tomonidan amalga oshiriladi

Yana qarang

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil