Ravalpindi
Ravalpindi — Pokistonning shim.sharqiy qismidagi shahar. Panjob viloyatida, togʻ etagida. Mamlakatning muhim iqtisodiy va madaniy markazi. Panjobdan Afgʻoniston va Kashmirga boriladigan yoʻl ustida. Aholisi 1,4 mln. kishi (1998), aksariyati pushtu, kashmiri, gujarot va panjoblar. Ravalpindi — transport yoʻllarining tuguni, muhim savdo-sanoat markazi. Oziq-ovqat, toʻqimachilik (ip gazlama, shoyi, movut, trikotaj), poyabzal, kimyo-farmatsevtika, neftni qayta ishlash, metallsozlik va mashinasozlik, sement korxonalari, temir yoʻl ustaxonalari bor. Hunarmandchilik rivojlangan. Shahar yaqinidagi neft va gaz konlaridan Ravalpindiga quvurlar oʻtkazilgan.
Mil. av. P. oʻrnida Gajipur sh. boʻlgan. Oʻrta asrlarda shahar Fotixpur-Baori deb atalgan. 14-asr boshida moʻgʻullar tomonidan buzib tashlangan. Keyinchalik shaharni gakkarlar qabilasining boshligʻi Ravalxon qayta tiklab, oʻz nomi bilan atagan. 1849-yilda R.ni inglizlar bosib olgan. 1947-yilgacha R. Buyuk Britaniyaning Hindistondagi eng yirik harbiy bazasi boʻlgan. 1947-yildan 1960-yillar boshigacha Ravalpindi — Pokistonning muvaqqat poytaxti. Politexnika universiteti, kollejlar, harbiy muzey, arxeologiya muzeyi, kartinalar galereyasi, aeroport bor[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |