Ravshanbek Olimov
Ravshanbek Ozodbekovich Olimov (1966-yilda tugʻilgan) — oʻzbek diplomati. Oʻzbekiston Respublikasining Ukraina, Fransiya, Portugaliya davlatlaridagi sobiq favqulodda va muxtor elchisi[2].
Ravshanbek Olimov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Ukrainadagi elchisi | |
Mansab davri 2003-yildan – 2005-yilgacha | |
Prezident | Islom Karimov |
Oʻtmishdoshi | Shomansur Shohalilov |
Vorisi | Ilhom Haydarov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
18-may 1966-yil Andijon[1] |
Biografiya
tahrir1966-yilda Andijon viloyati Jalolquduq tumanida tug‘ilgan.
1990—yilda Moskva davlat universitetini tamomlagan.
1997—yilda — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tugatgan.
1990—yildan 1992—yilgacha — Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi „Nihol“ markazi talabalar bilan ishlash bo‘limi mutaxassisi.
1993—yildan 1994—yilgacha — „O‘zbelst“ O‘zbekiston-Belarus qo‘shma korxonasi bosh direktorining o‘rinbosari.
1994—yildan 1996—yilgacha — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Andijon viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.
1997—yildan 2000—yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘yicha maslahatchisi.
2000—yildan 2001—yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatining safarbarlik va davlat zaxiralari masalalari kompleksi yetakchi mutaxassisi.
2001-yildan 2003-yilgacha — O‘zbekiston makroiqtisodiyot va statistika vazirligining Tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish va tashqi savdo balansini prognozlash boshqarmasi boshlig‘i.
2003-yildan 2005-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasining Ukrainadagi va Moldovadagi favqulodda va muxtor elchisi[3].
2005-2008-yillarda — O‘zbekistonning Fransiyadagi elchisi (bir vaqtning o‘zida Portugaliyada);
2008-yildan 2011-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
2011-2018-yillarda — Oʻzbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi maslahatchisi.
2018-yildan 2020-yilgacha - Tashqi ishlar vazirligining MDH davlatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshligʻi.
Manbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2019-yil 21-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 23-yanvar.
- ↑ Sputnik Узбекистан. „Назначен начальник управления МИД по сотрудничеству со странами СНГ“ (ru). Sputnik Узбекистан (15-may). Qaraldi: 2021-yil 21-oktyabr.
- ↑ „АЛИМОВ Равшанбек Озодбекович | TsentrAziya“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 21-may.