Natalya Trofimovna Rayevskaya
(Rayevskaya Natalya Trofimovnadan yoʻnaltirildi)
Natalya Trofimovna Rayevskaya (1903.16.8, Tavrida gubernyasi) — ginekolog, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1961), tibbiyot fanlari doktori (1961), professor (1961). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan vrach (1947), Oʻrta Osiyo tibbiyot institutini tugatgach (1930), shu institut akusherlikginekologiya klinikasida assistent (1933—42), dotsent (1942—61). 1951-yildan Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri. R.ning ilmiy ishlari akusherlik va ginekologiyaning turli masalalariga oid. R. brutsellyozning homilador ayollarda kechishi, uning davosi va oldini olish ustida tadqiqot olib borgan.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |