Raygras

qoʻngʻirboshdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini

Raygras (Arrhenatherum) — qoʻngʻirboshdoshlar oilasiga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻtsimon oʻsimliklar turkumi, yemxashak ekini. Uning boʻychan P., koʻp oʻrimli R. va bir yillik (yaylov) R. turlari bor. Boʻychan P. (A.elatius) — koʻp yillik oʻt. Yevropada, Shimoliy Afrika, Osiyo va Oʻrta Osiyoda ekiladi. Asosan, pichan qilinadi, koʻk poyalari taxirroq. Mollarga boshqa gʻalladoshlar va dukkakli oʻtlar bilan aralash holda beriladi. 100 kg pichanida 46,7 ozuqa birligi va 3,4 kg hazm boʻluvchi protein bor. Bahorda erta koʻkaradi, tez oʻsadi. R hosildorligi urugʻ boʻyicha 2—3, pichan boʻyicha 6070 s/ga. Ozuqa uchun R.ni> roʻvaklanish va gullashigacha oʻriladi. Kech oʻrilsa poyasi dagʻallashadi. Boʻychan R., shuningdek, gazon oʻti sifatida ham ekiladi. Koʻp oʻrimli R. (A.lolium multifl orum) siyrak tupli ekin, beda va dukkakli oʻtlar bilan aralash ekiladi. Tez oʻsadi, sugʻorilsa 6—7 marta oʻrib olish mumkin. Pichan tarkibida 12% protein va 2,6% moy bor. Yaylov R. koʻp oʻrimli R.ning bir yillik turi. 100 kg poyasida 20 ozuqa birligi, 1,2 kg hazm boʻladigan protein bor. Boshoq tortish va gullash davrida uriladi. Gektaridan 60—80 s pichan olinadi.

Adabiyot

tahrir
  • Otaboyeva H. va boshqa, Oʻsimlikshunoslik, T., 2000.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil