Razdan stadioni
Razdan Stadioni - Armaniston poytaxti Yerevanda joylashgan koʻp maqsadli stadion. Armanistonning eng yirik va ikki yarusli stadioni hisoblanadi. Stadion 1971-yilda qurib bitkazilgan. Sigʻimi 53.800 tomoshabinni sigʻdira oladi. «Razdan Stadioni»da «Ararat Yerevan» va «Uliss Yerevan» futbol klublari oʻz uy oʻyinlarini oʻtkazishadi.
Toʻliq nomi | «Razdan Stadioni» |
Joylashuvi | Armaniston, Yerevan |
Qurilish yillari | 1970-1971 |
Ochilgan sanasi | 1971-yilning 19-may kuni |
Rekonstruksiya qilingan yillar | 2008, 2012 |
Arxitektor | K.Akopyan va G.Musaelyan |
Egasi | Razdan Ijara Idorasi |
Sigʻimi | 53.800 |
Uy jamoalari | Ararat, Uliss |
Maydon oʻlchami | 105x68m |