Razvyortka (rus.) — metall detallarning teshiklariga toza ishlov berish uchun moʻljallangan koʻp tigʻli asbob. Oʻtkir qilib charxlangan boʻylama tishlari bor tana (sterjen) koʻrinishida boʻladi. Dastaki (buramaga oʻrnatib qoʻlda ishlatiladigan) va mashina (stanokka oʻrnatib ishlatiladigan) R.lar bor. Tuzilishiga koʻra, R. yaxlit, yigʻma, kerma va boshqa xillarga boʻlinadi. R. pishiq legirlangan (qarang Legirlash) asbobsozlik poʻlati, qattiq qotishmalardan tayyorlanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil