Rediska, redis (Raphanus sativus var. radicula) — karamguldoshlarga mansub bir (ekilgan yili gullaydi) va ikki (2yili gullaydi) yillik sabzavot ekini. Dunyodagi koʻpgina dehqonchilik mintaqalarida ochiq va yopiq (himoyalangan) yerlarda oʻstiriladi. Gullari ikki jinsli, chetdan (hasharotlar orqali) changlanadi. Qoʻzogʻi urchuqsimon yoki gʻoʻlasimon, urugʻi och kulrang, 1000 donasi 8—10 g. Ildizmevasi tekisdumaloq, uzun, konus va duk (urchuq) shaklida, tusi, asosan, oq, qizgʻish, qizil va toʻq qizil rangda, vazni 5 g dan 200 g gacha. Tarkibida qand, oqsil, S vitamini bor. Sovuqqa chidamli, namsevar oʻsimlik. Urugʻi 3— 4°da una boshlaydi. Oʻsishi va ildizmevasining rivojlanishi uchun eng maqbul harorat 15—18°. 3—4° sovuqqa bardosh beradi. Uncha yorugʻ boʻlmagan joyda, Mas, parnikda ham yaxshi oʻsadi. Dala sharoitida 50—120 s hosil olinadi. Issik^ona va parniklarda R. urugʻi dastaki seyalkada yoki qoʻlda 1—1,5 sm chuqurlikda ekiladi. Parniklar shamollatib va tez-tez sugʻorib turiladi. Suyuq mineral oʻgʻit bilan oziqlantiriladi. Parniksa 20—40 kunda yetiladi. Urugʻ olish uchun R. iddizmevasi 60X30 yoki 60x60 sm kilib ekiladi. Kuzoqlari yoppasiga sargʻayganda oʻrib olinadi, kurigandan keyin yanchib, saralanadi. Har ga yerdan 12— 15 s urugʻ olinadi. Urugʻining unuvchanligi 4—5-yil saqlanadi.

Oʻzbekistonda R.ning Qizil ulkan (serhosil, kechpishar, 40—50 kunda yetiladi, yirik, uzun — 12—15 sm, eti oq, zich, sersuv), mahalliy Mayskiy (oʻrtapishar, 40—45 kunda yetiladi, och qizil, uzun). Dumaloq, (qizil, oq uchli, oʻrtapishar, maydaroq), Saksa (juda ertapishar — 25 kunda yetiladi, dumaloq, toʻq qizil, oʻrtacha yirik) va Dungani 12/18 (ertapishar navlari rnlashtirilgan.

Zararkunandalari: karamguldoshlar burgalari, qandalalar va boshqa; kasalliklari: qora ildiz, fomoz, fuzarioz va boshqa

Rafiqa Gʻanixoʻjayeva.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil