Refraktometriya (lotincha. refractus singan va ...metriya) — optik texnika boʻlimi. Qattiq, suyuq va gazsimon moddalar yorugʻlik spektrining turli sohalaridagi sindirish koʻrsatkichini oʻlchash asosida ularning fizik-kimyoviy xossalarini tadqiq qilish usullari bilan shugʻullanadi. Refraktometriya. miqdoriy kimyoviy analiz usullarining eng qulay usuli hisoblanib, kam miqdordagi (0,001 g) moddani katta aniqlikda (0,001%) tez analiz qilishga imkon beradi.

Kimyoda murakkab organik birikmalarning tuzilishini aniqlashda foydalaniladi. R. shaxtalardagi xavoni analiz qilishda, ayniqsa, metanning (portlaydigan gazlarning) konsentratsiyasini bilishda muhimdir. R. geologiyada minerallar konsentratsiyasini, oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarning sifatini, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining pishib yetilganlik darajasini aniqlashda, tibbiyotda esa meʼda shirasi va boshqa analizida, texnikada turla texnologik jarayonlarni boshqarish hamda avtomatik nazorat qilishda koʻllaniladi. Yorugʻlikning sindirish koʻrsatkichini aniqlash refraktometrlar yoki maxsus interferometrlar yordamida bajariladi.

Ad:. Ioffe B. V., Refraktometricheskiye metodi ximii, 2 izd., L., 1974.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil