Refrijerator
Refrijerator (lot. refrigero — sovitaman) — tez buziladigan mahsulotlar (goʻsht, sut, mevalar va boshqalar) tashiladigan transport vositasi. Masalan, P.kema, R.avtomobil, R.poyezd va boshqalarda sovitish qurilmalari boʻladi. R.ning ichi va sirti dyuralyuminiy listlar yoki ruxlangan temir bilan krplanadi. Izolyasiya materiali sifatida penoplast va alyuminiy zar qogʻozi (orasida havo qatlami qoldirgan holda) ishlatiladi. R.ning kompression sovitish mashinasi mustaqil karbyuratorli ichkl yonuv dvigatelidan ishlaydi. R.dagi havo temperaturasi +9 dan — 18°gacha boʻladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |