Regressiya (lotincha: Regressus – teskari harakat) – bu himoya mexanizmi boʻlib, u mojaro yoki tashvishli vaziyat sharoitiga psixologik jihatdan moslashish shakli hisoblanadi. Bunda inson ongsiz ravishda himoya va xavfsizlikni kafolatlaydigan nisbatan gʻoʻr va noadekvat xatti-harakatlarga tayanib ish koʻradi.

Tavsif

tahrir

Ushbu himoya usuli obyektiv haqiqatga asoslanadi, chunki odamlar odatda kichik bolani kattalarga qaraganda koʻproq himoya qiladi. Aksariyat odamlar bolalik davridagi xavfsizlik hissi bilan bogʻliq xotiralarni yodida saqlab qolish bilan birga, baʼzida ongsiz ravishda oʻzlarini muammolardan himoya qilishning paradoksal usulidan foydalanadilar, yaʼni ular bolalarcha, yoshlariga mos kelmaydigan xarakter xususiyatlari va xatti-harakatlarini namoyon qila boshlaydilar. Koʻpincha bu aslida atrofdagilar „himoyasiz bola“ ni himoya qila boshlashlariga olib keladi, lekin har doim ham emas: regressiya holati hatto yaqin atrofda hech kim boʻlmasa ham namoyon etilishi mumkin.

Qayeridir ogʻriyotganligi yoki zararlanganligini boshqalar koʻz oʻngida namoyish qilish ham regressiyaga tegishli alomat, chunki bu holatlar quyidagi mazmunni ifodalaydi: „Men kasalman, men oʻzimga gʻamxoʻrlik qila olmayman, men oʻzimni oʻzim himoya qila olmayman“. Natijada, regressiyani suiisteʼmol qiladigan baʼzi odamlarda bu surunkali kasalliklarga va surunkali layoqatsizlikka olib kelishi, natijada gipoxondriyaga yuzaga kelishi va bu somatizatsiya bilan birga kechishi mumkin. Regressiya shaxsiyatning asosiga, muammolarni bartaraf etishning hayotiy strategiyasiga aylanib qolsa, bunday shaxsiyat infantil shaxsiyat deb ataladi[1].

Regressiya holati isteroid shaxsiyatlar uchun ham xosdir[2].

Meʼyoriy bolalik regressiyasi turlari

tahrir

Bolalarda namoyon boʻladigan normal regressiyaning quyidagi turlari mavjud:

  • Koʻnikmalarning qisqa muddatli regressiyasi – qoʻrquvni keltirib chiqaradigan vaziyatda, kasallikdan keyin zaiflashgan holatda yoki charchoq holatida, shakllanish bosqichida uddalanishi kerak boʻlgan ayrim koʻnikmalar bolaga erishib boʻlmaydigan natijadek tuyilishi mumkin.
  • Hissiy tartibga solishning regressiyasi – hissiy charchoqning muayyan sharoitlarida oʻzini namoyon qiladi; har qanday kichik bola affektiv holatlar paytida oʻzidan kattaroq va himoya funksiyalarida kuchliroq boʻlgan shaxsga yaqinroq boʻlishga intiladi.
  • Vaqtinchalik relaps, xatti-harakatlarning yanada progressiv shaklini muddatidan oldin qoʻllay boshlagandan keyin oddiyroq, ammo yoshga mos keladigan xatti-harakatlar shakliga qaytish. Xulq-atvor va affektiv javob usullarining qisqa muddatli, sayoz regressiyasi, bu oilaning butun hayotiy stereotiplari tizimining oʻzgarishi bilan bogʻliq vaziyatlarda (masalan, yangi bola tugʻilganda) yuzaga kelishi mumkin. Modelga nomuvofiqlikka toqat qilmaslik tufayli yuzaga keladigan regressiya – biroz vaqt nazariy bilimni amalda qoʻllashdan bosh tortib turish tendensiyasi, kattalarga yoki oʻzining ayrim hatti harakatlariga nisbatan yangi koʻnikmani nomukammal bajarishdan choʻchishsababli kelib chiqadi.

Shuningdek koʻring:

tahrir
  • Yosh regressiyasi

Manbalar

tahrir
  1. Regressiya // Ненси Мак-Вильямс. [lib.aldebaran.ru/author/makvilyams_nyensi/makvilyams_nyensi_psihoanaliticheskaya_diagnostika_ponimanie_struktury_lichnosti_v_klinicheskom_processe/makvilyams_nyensi_psihoanaliticheskaya_diagnostika_ponimanie_struktury_lichnosti_v_klinicheskom_processe__0.html Psixoanaliticheskaya diagnostika: Ponimanie strukturi lichnosti v klinicheskom protsesse]. – M.: „Klass“, 1998.
  2. Istericheskie, ili teatralnie (histrionic) lichnosti". // Ненси Мак-Вильямс. „[lib.aldebaran.ru/author/makvilyams_nyensi/makvilyams_nyensi_psihoanaliticheskaya_diagnostika_ponimanie_struktury_lichnosti_v_klinicheskom_processe/makvilyams_nyensi_psihoanaliticheskaya_diagnostika_ponimanie_struktury_lichnosti_v_klinicheskom_processe__0.html Psixoanaliticheskaya diagnostika: Ponimanie strukturi lichnosti v klinicheskom protsesse]“. – M.: „Klass“, 1998.

Adabiyotlar

tahrir
  • Психоаналитическая диагностика: Понимание структуры личности в клиническом процессе. ISBN 5-86375-098-7.