Reinhard Selten
Reinhard Justus Reginald Selten (nemischa: [ˈʁaɪ̯nhaʁt ˈzɛltn̩] ( tinglang); 1930-yil 5- oktyabr — 2016-yil 23-avgust) nemis iqtisodchisi, 1994-yilda Iqtisodiyot fanlari bo‘yicha Nobel mukofotini qo‘lga kiritgan(Jon Harsanyi va Jon Nesh bilan birgalikda). U, shuningdek, cheklangan ratsionallik sohasidagi ishi bilan mashhur va eksperimental iqtisodiyotning asoschilaridan biri hisoblanadi.
Reinhard Selten | |
---|---|
Tavalludi |
Reinhard Justus Reginald Selten 5-oktyabr 1930-yil |
Vafoti |
23-avgust 2016-yil (85 yoshda) Polsha |
Fuqaroligi | Germaniya |
Taʼlimi | Gyote universiteti |
Kasbi | Iqtisodchi |
Millati | Nemis |
Otasi | Adolf Selten |
Mukofotlari | Iqtisodiyot boʻyicha Nobel mukofoti(1994) |
Biografiyasi
tahrirSelten hozirgi Polshaning Quyi Sileziyadagi Breslau (Vrotslav) shahrida tugʻilgan. Otasi yahudiy Adolf Selten (koʻr kitob sotuvchisi boʻlgan; 1942-yilda vafot etgan[1][2]). Onasi Käthe Lyuter protestant boʻlgan[2][3]. Reinhard Selten protestant ruhida tarbiyalangan[3].
Saksoniya va Avstriyada qisqa muddatli oilaviy surgundan soʻng, Selten urushdan keyin Germaniyaning Gessen shahriga qaytib keldi va oʻrta maktabda biznes yozuvchi John D.McDonaldning Fortune jurnalida oʻyin nazariyasi haqidagi maqolasini oʻqidi. U oʻsha vaqtlarda maktabga borib qaytayotganida, „hayolida boshlangʻich geometriya va algebra masalalari yechib“ kelgan[1][2]. U Frankfurtdagi Gyote universitetida matematika boʻyicha oʻqigan va 1957- yilda universitetni bitirib diplomini qoʻlga kiritadi. Keyin u 1967-yilgacha Heinz Sauermannning ilmiy yordamchisi boʻlib ishlaydi. 1959-yilda u Elizabet Langreiner bilan turmush quradi. 1961-yilda u Frankfurtda matematika boʻyicha doktorlik dissertatsiyasini ham oldi.
U Berkeley universitetida tashrif buyurgan professor boʻlgan va 1969-yildan 1972-yilgacha Berlin universitetida va 1972- yildan 1984-yilgacha Bielefeld universitetida dars bergan. Keyin u Bonn universitetida professor boʻladi. U yerda u BonnEconLab — eksperimental iqtisodiy tadqiqotlar laboratoriyasini qurdi va labaratorida nafaqaga chiqqanidan keyin ham faol boʻldi.
Selten Germaniyaning Bonn universitetida faxriy professor boʻlgan va bir qancha faxriy doktorlik unvonlariga ega boʻlgan. U 1959-yildan[3] esperantist boʻlgan va xotini bilan Esperanto harakati orqali tanishgan[4]. U San-Marino Xalqaro Fanlar Akademiyasining aʼzosi va hammuassisi edi.
2009-yilgi Yevroparlament saylovlari uchun u Yevropaning Germaniya uchun eng yaxshi nomzod boʻldi[5].
Ishi
tahrirOʻyin nazariyasidagi ishi uchun Selten 1994-yilda Iqtisodiyot fanlari boʻyicha Nobel mukofotiga sazovor boʻldi (Jon Harsanyi va Jon Nesh bilan birgalikda). Selten Germaniyada birinchi boʻlib Nobel mukofotiga sazovor boʻlgan shaxs boʻldi[1].
U, shuningdek, cheklangan ratsionallik sohasidagi faoliyati bilan ham mashhur edi. Gerd Gigerenzer bilan u „Bounded Rationality: The Adaptive Toolbox“ (2001-yil) kitobini tahrir qildi. U keng koʻlamli shaklda ifodalanganligi sababli Seltenʼs Horse deb nomlangan oʻyinning namunasini ishlab chiqdi. Uning soʻnggi ishi „Impuls muvozanati nazariyasi va uning qoʻshimcha mezon bilan kengayishi“ edi.
Bibliografiya
tahrir- Preispolitik der Mehrproduktenunternehmung in der statischen Theorie, Berlin-Heidelberg-New York: Springer-Verlag, 1970, ISBN 978-3-642-48888-7 — in Nemis tilida
- General Equilibrium with Price-Making Firms (with Thomas Marschak), Lecture Notes in Economics and Mathematical Systems, Berlin-Heidelberg-New York: Springer-Verlag, 1974, ISBN 978-3-662-07369-8
- A General Theory of Equilibrium Selection in Games (with John C. Harsanyi), Cambridge, Massachusetts: MIT-Press. (1988)
- Models of Strategic Rationality, Theory and Decision Library, Series C: Game Theory, Mathematical Programming and Operations Research, Dordrecht-Boston-London: Kluwer Academic Publishers. (1988)
- Game Equilibrium Models IV, Berlin, New York, Springer Verlag, 1991, ISBN 978-3-662-07369-8.
- Rational Interaction — Essays in Honor of John C. Harsanyi, Berlin, New York, Springer-Verlag, 1992, ISBN 978-3-642-08136-1.
- Enkonduko en la Teorion de Lingvaj Ludoj — Ĉu mi lernu Esperanton? (with Jonathan Pool), Berlin-Paderborn: Akademia Libroservo, Institut für Kybernetik. (1995) — in Esperanto tili
- Game Theory and Economic Behavior: Selected Essays, 2. vol Cheltenham-Northampton: Edward Elgar Publishing. (1999)
- New edition of: Models of Strategic Rationality (1988), with a Chinese Introduction. Outstanding Academic Works on Economics by Nobel Prize Winners. Dordrecht-Boston-London: Kluwer Academic Publishers. (2000)
- Chinese Translation of: Models of Strategic Rationality (1988). Outstanding Academic Works on Economics by Nobel Prize Winners. Dordrecht-Boston-London: Kluwer Academic Publishers. (2000)
- Russian Translation of: A General Theory of Equilibrium Selection in Games (with John C. Harsanyi), Cambridge, Massachusetts: MIT-Press. (2000)
- Gigerenzer, G., & Selten, R. (Eds.). (2001). Bounded rationality: The adaptive toolbox. Cambridge, Massachusetts: MIT Press.
- Impulse Balance Theory and its Extension by an Additional Criterion. BoD. (2015)
Yana qarang
tahrir- Subgame mukammal Nash muvozanati
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Roberts, Sam, „Reinhard Selten, Whose Strides in Game Theory Led to a Nobel, Dies at 85“, New York Times, September 2, 2016. Retrieved 2016-09-03.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 OʻConnor, J J, and E F Robertson, „Reinhard Selten“, www-history.mcs.st-and.ac.uk, November 2010. Retrieved 2016-09-03.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 From Les Prix Nobel. The Nobel Prizes 1994, Editor Tore Frängsmyr, [Nobel Foundation], Stockholm, 1995
- ↑ Lins, Ulrich & Ertl, István. „Intervjuo kun Reinhard Selten, Nobelpreemiito“ Esperanto (n° 1065-12, December 1994, p. 203
- ↑ „Eŭropo — Demokratio — Esperanto: Germanio“. 2013-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 10-oktyabr.