Rejalashtirish
Rejalashtirish — milliy iqtisodiyotning turli darajalarida (mikrodarajada — korxonalar va ularning ayrim boʻlinmalari, shuningdek, korxonalar guruhlari, tarmoklar, sektorlar va mintaqalar miqyosida; makrodarajada — mamlakatning butun iqtisodiyoti miqyosida) ijtimoiyiqtisodiy jarayonlarni tartibga solish va boshqarish shakllari. Joriy, qisqa muddatli (oylik, choraklik, yillik), oʻrta muddatli (5 yillik) va istiqboldagi — uzoq muddatli (10—15 yillik) R.ga boʻlinadi.
Sovet iqtisodiyotida xalq xoʻjaligini markazlashtirilgan R. xoʻjalik mexanizmining asosiy boʻgʻini hisoblangan va direktiv, manzilli, barcha xoʻjalik yurituv subʼyektlar uchun majburiy boʻlgan. Rejalar tizimi mamlakatni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning yagona xalq xoʻjaligi rejasi, tarmoklar va mintaqalar rejalari, shuningdek, korxonalar rejalarini oʻz ichiga olgan. R. ni davlat miqyosida maxsus organlar — SSSR Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitasi va ittifokdosh respublikalar Davlat plan (rejalashtirish) qoʻmitalari hamda ularning viloyat, tuman boʻlinmalari ishlab chiqqan. 1928-yildan boshlab SSSRda xalq xoʻjaligini rivojlantirishning 5 yillik rejalari amaliyotga kiritilgan va bu tartib 1991-yilga qadar saqlanib keldi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida R. korxonalar darajasida biznes rejalar tuzish shaklida (ichki firma R.) (qarang Biznes reja), kompaniyalar guruchlari darajasida korporativ rejalar shaklida amalga oshiriladi. Bir qator rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda makrodarajada R. davlat tomonidan tartibga solishning muhim va keng tarqalgan shakli boʻlib keldi. 1950-yillar oʻrtalaridan bu mamlakatlarda indikativ R., yaʼni tavsiya etiladigan, maslahat tarzidagi R. amalga oshirila boshladi. Bunday R. Fransiya va Yaponiyada oʻtgan asrning 70-yillariga qadar, ayrim mamlakatlar, Mas, Koreya Respublikasi va Tayvanda 80-yillar oʻrtalarigacha amal qildi. Indikativ rejalarda i.ch. va isteʼmol hajmlari, tuzilmasi, oʻsish surʼatlari, narxlar dinamikasi, eksport va import, investitsiyalar va boshqalarning asosiy koʻrsatkichlari belgilanadi. Shuningdek, bu rejalarda bozor subʼyektlarini qoʻyilgan maqsadlarni bajarish, rejali indikatorlar (koʻrsatkichlarni amalga oshirish) sari yoʻnaltirilgan iqtisodiy stimullar tizimi, daromadlar va bandlik, soliklar boʻyicha bevosita va bilvosita dastaklari ham keltiriladi.
Bu umumiy rejalar tizimi, shuningdek, milliy iqtisodiyotning ayrim sektorlari va tarmoqlarini rivojlantirish rejaprognozlarini ham oʻz ichiga oladi. Reja boʻyicha tanlangan ustuvorliklarni moliya va sanoat guruhlari, tadbirkorlar uyushmalari, kasaba uyushmalari va boshqa manfaatli guruhdar bilan kelishib olish tartibi indikativ R.ning tarkibiy unsuri hisoblanadi. Xuddi shu mexanizmlar muayyan davr davomida davlat boshqaruvidagi bunday shaklning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini taʼminladi. 70-yillarning oʻrtalaridan boshlab boshqarishni markazlashtirmaslik jarayonlari taʼsirida indikativ R. tizimi parchalanib ketdi va uning oʻrniga uzoq muddatli strategik rejalashtirish usuli qaror topdi.
Davlatning R. faoliyatida davlat buyurtmalari (qarang Davlat buyurtmasi), kontraktlar tizimi vositasida amalga oshiriladigan biron-bir tarmoqni rivojlantirishga doir umumiy va maxsus davlat dasturlari hamda loyihalari — dasturlar boʻyicha boshqarish markaziy oʻrinni egalaydi. Mas, Fransiyada umummilliy 5 yillik rejalar aksariyat holatda tadqiqot harakteriga ega. Uning tarkibiy qismi sherik hamkorlar — tadbirkorlar, markaziy va mahalliy hokimiyat organlari, kasaba uyushmalari va boshqa jamoatchilik intlari tomonidan birgalikda moliyalashtirishni nazarda tutadigan loyihalardan iborat. Yaponiyada 5 yillik rejaning mohiyatini kelajak davrda mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning konsepsiyasi tashkil etadi.
Oʻzbekistonda ham xukumat tomonidan Iqtisodiyot vazirligi va boshqa vazirliklar va idoralar ishtirokida strategik rejalashtirish tizimini barpo etish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiyiktisodiy rivojlantirishning 10—15 yilga moʻljallangan uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish ishlari olib borilmoqda. Oʻzbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004—2006-yillarda fermer xoʻjaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi (2003), Oʻzbekiston Respublikasi aholisini 2010-yilgacha boʻlgan davrga moʻljallangan ijtimoiy himoya tizimining yagona konsepsiyasi (1995) va boshqa oʻrta va uzoq muddatli dasturlar ishlab chiqilgan. Oʻzbekistonda davlataksiyadorlik korxonalarining rejalari negizini davlat buyurtmasi tizimi tashkil etadi.
R.ning turlari orasida ijtimoiy R. alohida ahamiyatga ega. Bunday R. milliy iqtisodiyotning ijtimoiyiktisodiy samaradorligini oshirish, ijtimoiy jarayonlarni okilona boshqarishning oʻziga xos shakli hisoblanadi. Bunday R.da ijtimoiy sohani rivojlantirish va aholi turmush darajasi va sifatini tavsiflaydigan boshqa barcha koʻrsatkichlarni rejalashtirish nazarda tutiladi.
Oʻrozmamad Qalandarov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |