Rekapitulyasiya
Rekapitulyasiya (lot. recapitulatio) (biologiyada) — embriogenezda organizmning voyaga yetgan ajdodlari belgilarining takrorlanishi. Yuksak organizmlar embrionining birmuncha tuban tuzilgan guruhlar voyaga yetgan davriga oʻxshashligini ilk bor nemis biologi I. Mekkel (1811) aniqlagan. Masalan, yuksak umurtqalilar ontogenezida bosh buyrak (pronefros)ni avval tana buyrak (mezonefros), soʻngra chanoq buyrak bilan almashinishi ular ajdodlarida ayirish sistemasining rivojlanishi davrlarini; paporotniklarda dastlabki barglarning dixotomik shoxlanishi ular ajdodlari — paleozoy davridagi riniofitlar uchun xos boʻlgan poyaning dixotomik shoxlanishini takrorlaydi. Biogenetik qonunda (E. Gekkel, 1866) R.ga ontogenezning evolyusion tarkib topishi natijasi sifatida karaladi, yaʼni tarixiy rivojlanish davomida organizmlarning oʻzgarib borishi tufayli ajdodlarga xos boʻlgan tuzilish belgilari ularning embrioniga oʻtgan va avlodlarning individual rivojlanishda embrional belgilar sifatida takrorlangan. Rus olimi A. N. Seversov R.ni butun bir organizm uchun emas, balki ayrim organlar uchun xos ekanligini koʻrsatdi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |