Renat Maarifovich Mirzaliev (1982-yil 24-mart sanasida Dnepropetrovskda tug‘ilgan) — dzyudochi. U Ukraina, Rossiya, Ozarbayjon milliy terma jamoalarida ishtirok etgan. Kadetlar o‘rtasida Yevropa chempioni (Lissabon, 1997-yil). Butunjahon o‘smirlar o‘yini sovrindori (Moskva, 1998-yil). Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempioni (Tunis, 2000-yil). Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori, Yevropa chempioni, Ukrainaning xalqaro toifadagi sport ustasi. 2013-yilda Yevropa chempionati (Parij) sovrindori va faxriylar o‘rtasidagi jahon chempioni (Abu-Dabi) bo‘ladi. Ayni vaqtda murabbiy sanaladi.

Renat Maarifovich Mirzaliev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Tavallud paytidagi ismi Ренат Маарифович Мирзалиев
Fuqaroligi Ukraina bayrogʻi Ukraina
Tavallud sanasi 24-mart 1982-yil (1982-03-24) (42 yosh)
Dnepropetrovsk, Ukraina
Sport
Qaysi sport dzyudo
Klubi «Dinamo» (Dnepropetrovsk)
Sport mukofotlari
Yevropa chempionati
Oltin Parij 2001 66kg gacha
Yevropa kubogi
Oltin Sele 2010 66kg gacha

Tarjimai hol

tahrir

Sportchi oilasida dunyoga keladi. Uning bobosi va otasi milliy ozarbayjon kurashi gulesh bilan shug‘ullangan. Onasining amakisi bokschi, keyinroq Viktor Savchenkoning birinchi murabbiyi bo‘ladi. Otasi futbolning ashaddiy muxlisi bo‘lgan va o‘g‘liga Rinat Dasayev sharafiga Rinat deb ism qo‘ygan.

8 yoshida akasi Ruslan Mirzaliyev uni dzyudo seksiyasiga olib keldi. 14 yoshida Renat sport ustasi me’yorini, 18 yoshida esa xalqaro toifadagi sport ustasi normativini bajaradi. 19 yoshida esa Yevropa chempioni bo‘ldi.

2001-yilda Rinat Chelyabinskka ko‘chib o‘tadi. Rossiya chempionatining bronza medali sovrindori bo‘ladi. Rossiya terma jamoasida ishtirok etishi uchun Ukrainaning ruxsati kerak edi, lekin bu jarayon uzoq vaqtga cho‘zilgan. Nihoyat ruxsat tekkanida, bir qancha jarohati tufayli u 2004-yilda Afinadagi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok eta olmadi.

2007-yilda u yana o‘z vatani Dnepropetrovskga qaytdi. Rinatning yangi jarohatlari sababli faqat 2010-yildagina Ukraina kubogi finaliga yetib boradi va Yevropa kubogini qo‘lga kiritganidan so‘ng oyoqqa turadi.

Xuddi shu yili u Bokuga ko‘chib o‘tadi. Ozarbayjon terma jamoasida bir yarim yil davomida dzyudo bo‘yicha jang olib boradi. 2012-yilgi London Olimpiadasiga yo‘llanmani qo‘lga kirita olmagach, u Dnepropetrovskga qaytib murabbiylik qiladi. Shundan so‘ng u faxriylar musobaqalarida qatnasha boshladi. 2013-yilda Yevropa chempionatining bronza medali sohibi va jahon chempioni bo‘ladi.

Havolalar

tahrir