Pierre-Auguste Renoir

(Renoirdan yoʻnaltirildi)

Pierre-Auguste Renoir (talaffuzi: Pyer-Ogyust Renuar; 25-fevral, 18413-dekabr, 1919) fransuz impressionist rassomi boʻlgan, grafik va haykaltarosh; impressionizm namoyandasi. 50-yillarda chinni, parda, yelpigʻichlarga racm (gul) ishlash bilan shugʻullangan. 1862—64 yillar nafis sanʼat maktabida oʻqigan. Shu davrda K. Mone, A. Sisley, F. Bazil bilan tanishgan. Dastlabki asarlarini G. Kurbe, E. Mane taʼsirida yaratgan. 60—70-yillar chegarasida plenerda ijod qilishga oʻtgan R. inson shaklini oʻzgaruvchan nur havo muhitida tasvirlaydi ("Senada choʻmilish", 1869; "Loja", 1874), tabiat bilan uygʻun tabiiy muhit, insonlar munosabati, hayotiy vaziyatlar rassomni oʻziga tortadi, ayniqsa, bayramona hayot tarzi (bal, raqs, sayr va hokazo)da joʻshqin va quvnoq hayotni aks ettiradi ("Mulen de la Galet", 1876 va boshqalar); ayollar obrazi rassom ijodida goʻzal maftunkorligi bilan alohida oʻrin tutadi ("Tushlikdan soʻng", "Soyabonlar" — 1879; "Yalangoch ayol", 1876; "J. Samori portreti", 1877 va boshqalar). R. hayot oqimidan aniq yulib olingan, ayni paytda muhrlangan lahzali asarlar yaratib, impressionizm asoschilaridan biriga aylandi; monoxrom rangtasvirda ajoyib kolorist sifatida namoyon boʻldi ("Qora kiyimdagi qizlar", 1883); yengil va mayin chizigʻi bilan ajralib turuvchi rasmlar yaratdi.[1]

Pierre-Auguste Renoir

Tavalludi 25-fevral 1841-yil
Limoges, Haute-Vienne, Fransiya
Vafoti 3-dekabr 1919-yil(1919-12-03)
(78 yoshda)
Cagnes-sur-Mer, Provence-Alpes-Côte d'Azur, Fransiya
Sohasi Badiiy tasvir
Oqim Impressionizm

Ishlari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil