Rentgen astronomiyasi
Rentgen astronomiyasi — astrofizika boʻlimi; toʻlqin uz. 0,1 dan 50 angstremgacha boʻlgan kosmik rentgen nurlanishini tekshiradi. Kosmik asboblarni Yer atmosferasi (rentgen nurlarini yutadigan) dan tashqariga chiqaruvchi kosmik texnikaning rivojlanishi Rentgen astronomiyasini vujudga keltirdi. Rentgen nurlanishi birinchi marta 1948-yilda Quyoshnn kuzatish vaqtida aniqlangan. Uning rentgen spektrida koʻp marta ionlashgan va tralari 106—107 K boʻlgan elementlarning chizikdari borligi sezilgan Quyosh chaqnaganda rentgen nurlanishi jadalligi keskin ortadi. 1962-yildan Quyosh sistemasidan tashqarida rentgen nurlanishi kuzatildi. Izotrop fonli rentgen nurlari va 500 ga yaqin rentgen nurlarining diskret manbalari kashf etildi. Ular orasida boshqa galaktikalarda kuzatiladiganlari ham bor. Mas, Andromeda tumanligida 10 ga yaqin rentgen manba kuzatiladi. Bizning Galaktikamizda Galaktika diskida joylashgan 103—104 ta rentgen manbalari kuzatiladi va ularning bir qismi oʻta yangi yulduz qoldiqlari bilan bogʻliq. Masalan, Qisqichbaqasimon tumanlik markazida pulsatsiyalanish davri 0,033 sek. davom etadigan rentgen pulsarlari topilgan. Qoʻshaloq yulduz sistemasiga kiruvchi rentgen manbalari kashf etilgan. Rentgen astronomiyasi osmon jismlarining yaratilishi va evolyusiyalari masalalarini oʻrganish bilan bogʻliq boʻlgan Koinotdagi faol jarayonlarni tekshirishning yangi samarali yoʻnalishidir.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |