Reparatsiya (xalqaro huquq)
Reparatsiya (lot. raparatio — qayta tiklash) (xalqaro huquqda) — moddiy xalqarohuquqiy javobgarlik turi; davlatning boshqa davlatga yetkazgan zararini pul bilan yoki boshqacha shaklda qoplashi. R. ni natural shaklida, pul yoki boshqa moddiy kompensatsiya shaklida yoki bir vaqtning oʻzida restitutsiya (gʻayriqonuniy egallab olingan va olib ketilgan mol-mulkni qaytarish) va zararlarni qoplash shaklida qoʻllash mumkin. R.ni amalda 1919-yilgacha mavjud boʻlgan kontributsiyapgm farqlash kerak. Hozirgi xalqaro huquqqa koʻra, davlatning agressiv urush boshlanganligi uchun moddiy javobgarligi, yaʼni harbiy R. muhim ahamiyatga ega. Jumladan, 1945-yilgi Qrim (Yalta) konferensiyasi va Berlin konferensiyasi qarorlarida Germaniyaning R. toʻlashi, 1947-yil sulh shartnomalarida esa, Ikkinchi jahon urushida Germaniya ittifoqchilari boʻlgan davlatlarning R. toʻlashi nazarda tutilgan.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |