Repellentlar (lot. repellens — oʻzidan qochiruvchi, qaytaruvchi) — pestitsidlar guruhiga kiradigan kimyoviy preparatlar. Hasharotlarni ular oziqlanadigan oʻsimliklardan, shuningdek, hayvonlar va odamlardan qochirishda qoʻllanadi. R., asosan, qishloq xoʻjaligi oʻsimliklarini zararkunandalardan, odamlarni va hayvonlarni qon soʻruvchi xasharotlardan himoya qilishda ishlatiladi. Hayvonlar va oʻsimliklardan olingan R. (hidli oʻtlar, oʻsimlik moylari va boshqalar)dan qadimdan foydalanib kelingan. Hozir amaliyotda, asosan, uzok, muddat taʼsir etadigan kimyoviy (sintetik) preparatlar — oddiy va murakkab efirlar, spirtlar, aldegidlar, efir moylari va boshqa qoʻllanadi. R. hasharotlarning hid sezish, sanchishsoʻrish organlariga taʼsir etib, ularni izdan chiqarish, shuningdek, oʻsimliklarning hasharotlarni jalb etadigan hidlarini yoʻqotish (Mas, limon moyi) asosida taʼsir koʻrsatadi. R. issiq qonli hayvonlar uchun kam zaharli qisoblanadi va shuning uchun amalda keng qoʻllanadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil