Repetek qoʻriqxonasi
Repetek qoʻriqxonasi — Sharqiy Qoraqumning markaziy qismidagi qoʻriqxona. Turkmanobod (sobiq Chorjoʻy) shahridan 70 km janubda. Qumli choʻlning tabiiy majmuini qoʻriqlash va oʻrganish uchun 1928-yilda Repetek qumli choʻl st-yasi (1912) negizida tashkil etilgan. Oʻrta Osiyoning issiq joylaridan biri (eng baland harorati 50°; yillik yogʻin 114 mm). Maydoni 34,6 ming ga. Boshqa qoʻriqxonalardan joʻyakjoʻyak, doʻng barxanlar va ular majmui, shuningdek, Qoraqum choʻlida oʻsadigan asosiy oʻsimlik turkumlari (oq va qora saksovul, qandim, cherkez, quyonsuyak, borjok, quyonquyruq, yaltirbosh, choʻlkuchala, lolaqizgʻaldoq, sassiqquray, ilonchoʻp, tuyayaproq, shirach va boshqalar) bilan ajralib turadi. Hayvonot dunyosi ham xilmaxil. 1000 turdan ortiq hasharot (qoʻngʻizlar, kapalaklar, kanalar, chumolilar va boshqalar), sudraluvchilardan 13 tur kaltakesak (agama, gekkon, echkiemar va boshqalar), 8 tur ilon (charxilon, oʻqilon, koʻlbor ilon va hokazo), dasht toshbaqasi, 196 tur qush (xoʻjasavdogar, qizilishton, qargʻa va boshqalar), sut emizuvchilardan 20 tur (quyon, yumronqoziq, qoʻshoyoq, jayron, qoraqol va q.k.) yashaydi.
Adabiyot
tahrir- Rustamov A. K., Repetekskiy zapovednik. M., 1971.
Abdushukur Xonazarov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |