Replikatsiya DNKnuklein kislotalarning oʻz-oʻzidan hosil boʻlish jarayoni, R. tufayli genetik axborotning aniq koʻchirilishi va naslga utishi taʼminlanadi. R. mexanizmining asosida DNK molekulasining DNK matritsasi (qolipi)da yoki RNK molekulasining RNK matritsasida fermentativ reaksiyalar yordamida sintezlanishi yotadi. Bu reaksiyalarni amalga oshiradigan fermentlar orasida 1 sek.da 1000 tagacha nukleotidni sintezlaydigan (bakteriyalarda) DNK polimeraza fermenti muhim oʻrinni egallaydi. DNK molekulasi yarim konservativ xususiyatga ega, yangi hosil boʻlayotgan 2 ta DNK molekulasidagi zanjirlarning biri "eski", boshqasi "yangi" boʻladi. R. birligi replik o n hisoblanadi. Termin F. Jakov va S. Brenner tomonidan taklif qilingan. Prokariotlar genomi, odatda, bitta, eukariotlar genomi juda koʻp replikonlardan tashkil topgan. Tirik organizmlarda in vivo sharoitida boradigan R. oʻta aniq jarayon hisoblanadi. Nuqgali mutatsiyalarni vujudga keltiradigan xatoliklar juda kam boʻlib, avlodga nisbatan har bir nukleotid uchun 10’ dan yuqori boʻlmaydi. Eukariotlarda R. birmuncha sekin (sekundiga 100 nukleotid), ammo bir vaqgning oʻzida bir DNK molekulasining bir necha nuktasida amalga oshadi. R.ni xromosomalar sonining 2 baravar ortishi ham deyiladi. Bu jarayon asosida DNK R.si yotadi.2ta bir hil qosh spiralli malekulani hosil bolishiga olib keladigan DNK malekulasidan aniq nusxa kochirish jarayoni replikatsiya deb ataladi

DNK Replikatsiya

Yana qarang

tahrir
[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil