Reprivatizatsiya
Reprivatizatsiya (re... va lot. privatus — xususiy) — ilgari davlat ixtiyoriga olingan korxona, bank, aksiya va boshqalarni qaytadan xususiylashtirish. Bu bilan davlatlashtirilgan i.ch.dan xususiylashgan va sogʻlom raqobatga tayangan iqtisodiyotga oʻtiladi. R. iktisodiyotni erkinlashtirib, iqtisodiy oʻsishga yoʻl ochib berishi bilan bozor iqtisodiyoti talablariga mos tushadi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |